2023-yil 18-oktabr kuni Londondagi Old Royal Naval College majmuasida III xalqaro “Özbekistonlik” forumi bölib ötdi. Uzbekistan’s Club ijodiy jamoasi tomonidan taşkil etilgan uşbu tadbirda dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan 200 nafardan ortiq özbekistonlik vatandoşlar, Özbekistondan taşrif buyurgan delegatsiya, Buyuk Britaniyadagi diplomatlar, biznes vakillari va jamoat arboblari iştirok etdi.

Forumning maqsadi – dunyo böylab yaşayotgan özbekistonliklar örtasida global aloqalarni rivojlantiriş, ularning bilim va tajribasini mamlakat taraqqiyoti bilan boğlaş hamda Özbekistonni isteʼdodli va mehnatsevar insonlar yurti sifatida tarğib qilişdan iborat.

Tadbir doirasida “Özbekistonlik” filmining törtinçi epizodi premyerasi ham bölib ötdi. Film Kamola Mahmudova va Kembrij universiteti biologi, fan doktori Temur Yunusovning hayotiy hikoyalari haqida sözlaydi.

Şuningdek, Uzbekistan’s Club jurnalining ilk soni taqdimoti hamda klubning onlayn platformasi va mobil ilovalari imkoniyatlari ham namoyiş etildi.

London forumi Uzbekistan’s Club’ning xalqaro hamjamiyatni birlaştiriş, muvaffaqiyatli vatandoşlar tajribasini ommalaştiriş va milliy brendni kreativ loyihalar orqali tarğib qiliş yönalişidagi faoliyatining navbatdagi bosqiçi böldi.