Xorijda muvaffaqiyatga erişgan vatandoşlar haqida hikoya qiluvçi “Özbekistonlik” filmi uçun reper Konsta tomonidan saundtrek kuylandi. 18-aprel kuni klipi bilan birgalikda premyera qilingan uşbu qöşiq bir kunda YouTube tarmoğida 100 ming marta körildi.
Konsta taxallusi bilan ijod qiluvçi xonanda “Özbekistonlik” filmidan ilhomlangani va şu maqsadda bu qöşiqni yozganini maʼlum qilgan. U ijod mahsuli özining hayotini aks ettirganini ham bildirgan.
“Özbekistonlik filmini tomoşa qilganimda u yerdagi qahramonlarni körib, özimning boşimdan ötkazganlarim yodimga tuşib ketdi. 2012-yilda 250 ming sömga yetti sutkalab yöl bosib, Rossiyaga yetib borgan bola, orzulari bir dunyo, lekin yaşaş uçun pul topişi kerak bölgan, rezinadek çöziladigan kvartiralarda yaşab yurgan yigit muvaffaqiyatga erişguniga qadar qanday qiyinçiliklarni bosib ötiş mumkinligini yaxşi tuşunaman.
Şu sababdan filmda kötarilayotgan ğoya ruhiyatimga juda yaqin edi. Ular öz maqsadlariga yetguniga qadar har qanday qiyinçiliklarga qaramasdan, olğa borişgan, sinovlar ularni yanada kuçliroq qilgan.
Yaqinda loyiha ijodkorlari bilan “Özbekistonlik” filmining öziga xos madhiyasini yaratiş fikri tuğildi. Fikrimiz bir joydan çiqdi. Ular bu ğoyani qöllab-quvvatlaşdi va yakunda yangi trek dunyoga keldi. Qöşiq keçagi va bugungi men, siz, biz haqimizda. Maqsadga yetguniça heç qaçon töxtamaslik kerak ekani, ular yolğiz emasligini şu trek orqali yetkazib berişga harakat qildik. Loyihaning asosiy ğoyalaridan biri ham aslida şunday”, deb yozgan u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali.


