Samarqand – Global Intellekt Markazi: “Özgarayotgan dunyoda inson kapitalini şakllantiriş” forumining strategik tahlili

Qadimiy va navqiron Samarqand şahri yana bir bor global miqyosdagi muhim intellektual muloqot maydoniga aylandi. Joriy yilning 29–30-oktyabr kunlari Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlaş böyiça “El-yurt umidi” jamğarmasi tomonidan taşkil etilgan “Özgarayotgan dunyoda inson kapitalini şakllantiriş” mavzusidagi “Global Talent Forum” xalqaro forumi mamlakatimiz kelajagi uçun muhim strategik qadam böldi.

2026-yilgi Global Talent Forum Samarqand şahrida bölib ötmoqda.
2026-yilgi Global Talent Forum Samarqand şahrida bölib ötmoqda.
2026-yilgi Global Talent Forum Samarqand şahrida bölib ötmoqda.
2026-yilgi Global Talent Forum Samarqand şahrida bölib ötmoqda.

Yangi davr çaqiriği: Inson kapitali va kelajak könikmalari

Bugungi kunda texnologik özgarişlar, sunʼiy intellektning jadallaşuvi, raqamlaştiriş va energetik ötiş jarayonlari mehnat bozorining mazmunini tubdan özgartirmoqda. Mutaxassislarga qöyiladigan talablar kundan-kunga yangilanib, zamonaviy dunyo taʼlim va kadrlar tayyorlaş tizimiga yangiça yondaşuvlarni joriy etişni talab qilmoqda.

Jahon iqtisodiy forumining “Future of Jobs Report 2025” hisobotiga köra, 2030-yilga borib bugungi kunda qöllanilayotgan kasbiy könikmalarning örtaça 39 foizi özgarişi yoki eskirişi mumkin. Texnologik kompetensiyalar bilan bir qatorda tahliliy fikrlaş, moslaşuvçanlik va umrbod taʼlim oliş (lifelong learning) qobiliyatining ahamiyati ham jadal ortib bormoqda.

Global hamkorlik va Samarqand muloqoti

Nufuzli xalqaro tadbir AQŞ, Turkiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Qozoğiston, Malayziya, Singapur, Germaniya, Yaponiya va Ozarbayjon kabi 15 tadan ortiq davlatdan 100 nafarga yaqin ekspertlar, xalqaro taşkilotlar, davlat tuzilmalari, taʼlim muassasalari va stipendiya dasturlari vakillarini bir joyga jamladi. Uçraşuvning asosiy masalasi xalqaro taʼlim, ilmiy aloqalar va kasbiy tajribani iqtisodiyot hamda jamiyat uçun amaliy natijalarga qanday aylantiriş masalasiga qaratildi.


 

Özbekistonda inson kapitalini rivojlantiriş sohasiga alohida urğu berib kelayotgan “Uzbekistan’s Club” xalqaro nodavlat notijorat taşkiloti uşbu forumga strategik hamkor sifatida öz hissasini qöşdi. Şuningdek, Özbekiston Milliy banki boş hamkor, MKBANK, “Xalq banki” AT, “Agrobank” ATB forum hamkorlari sifatida qatnaşdilar. “Uzbekistan Airways” AJ va Toşkentdagi Xalqaro Vestminster Universiteti ham tadbirning muvaffaqiyatiga munosib uluş qöşdi.

Prezident islohotlari va taʼlim tizimidagi transformatsiya

Özbekiston uçun uşbu xalqaro kun tartibi Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan keng kölamli islohotlar bilan bevosita boğliqdir. Taʼlim oliş imkoniyatlarini kengaytiriş, uning sifatini oşiriş, ilm-fan aloqalarini mustahkamlaş va yetakçi xorijiy universitetlar bilan hamkorlikni rivojlantiriş vazifalari bilan uzviylikda olib borilmoqda. Xususan, sönggi sakkiz yil içida oliy taʼlim qamrovi 9 foizdan 44 foizga oşdi.

Joriy yilning oktyabr oyida davlat rahbari taʼlimning barça bosqiçlari örtasidagi uzviylik, öquv dasturlarining mehnat bozori talablariga mosligi va ilmiy işlanmalarni amaliyotga joriy etiş muhimligini alohida taʼkidladi.

Amaliy ehtiyojlar va ustuvor yönalişlar

Bugungi kundagi asosiy amaliy vazifa – taʼlim investitsiyalarini milliy ustuvor yönalişlar bilan boğlaşdan iborat:

  • Yangi işlab çiqariş quvvatlariga – muhandis va texnologlar;
  • Raqamli iqtisodiyotga – maʼlumotlar bilan işlaş va kiberxavfsizlik böyiça mutaxassislar;
  • Qişloq xöjaligiga – suvni tejaş va biotexnologiyalar sohasidagi zamonaviy yeçimlar zarur.

Soğliqni saqlaş va davlat boşqaruvida ham mahalliy şaroitlarni inobatga olgan holda xalqaro tajribani joriy eta oladigan yetuk kadrlar talab etiladi.

Stipendiyalar va “El-yurt umidi” jamğarmasining hissasi

Forum doirasidagi alohida panel sessiyalarida stipendiyalar mamlakat raqobatbardoşligiga yönaltirilgan uzoq muddatli sarmoya sifatida körib çiqildi.

Xususan, “El-yurt umidi” jamğarmasi tomonidan 2025–2026-yillarda ötkazilgan uçta oçiq tanlov yakunlariga köra, 500 nafarga yaqin yoşlar Prezident stipendiyasi sohibiga aylandi. Quvonarlisi, ğoliblarning 80 foizi dunyoning yetakçi yuztalik (Top-100) universitetlariga öqişga qabul qilingan.

Tadbirda IHTT, Turkiya Oliy taʼlim kengaşi, Xalqaro taʼlim instituti (IIE), “Bolaşaq” dasturi, DAAD (Germaniya), British Council, JICA va EducationUSA vakillari iştirok etib, kadrlar tayyorlaş va xalqaro akademik hamkorlik modellarini muhokama qilişdi.

“Samarkand Tea Time” va amaliy muloqot

Forumning ikkinçi kuni, 30-oktyabrda jamğarma bitiruvçilarining anʼanaviy uçraşuvlaridan biri — “Samarkand Tea Time” bölib ötdi. U xalqaro munozarani stipendiatlarning şaxsiy tajribasi, kasbiy faoliyat hikoyalari va taşabbuslari bilan boyitdi. Şuningdek, tadbir doirasida iş beruvçilar, banklar, vazirlik va idoralarning HR-xizmatlari vakillari bilan töğridan-töğri muloqotlar taşkil etilib, “GRANDPHARM” hamda “MEROS PHARM” kompaniyalari uşbu taşabbusni qöllab-quvvatladilar.

Tarixan madaniyatlar va ilmiy anʼanalarni birlaştirib kelgan Samarqand şahri bilim sifati va uni amalda qöllay oliş qobiliyati mamlakatning rivojlaniş imkoniyatlarini belgilab beradigan yirik global intellektual maydonga aylanganini yana bir bor yaqqol namoyon etdi.