Euronews kanalida Kann kinofestivalida qatnaşayotgan Özbekiston milliy paviloni faoliyatiga bağişlangan bir daqiqalik sujetlar namoyiş etildi. Uşbu kampaniyaning maqsadi – Özbekistonning yangi imijiga eʼtiborni jalb qiliş, turizmni rivojlantiriş va obrösini oşiriş, Özbekistonning xorijda zamonaviy, intellektual va raqobatbardoş mamlakat sifatida namoyon bölişida kömaklaşişdan iborat.
 

“Özbekiston uçinçi bor Kann festivalida iştirok etmoqda. Uşbu davlat kinemotograflar uçun özining antiqa qişloq va şaharlari, peyzajlari hamda qiziqarli nuqtalari bilan yangi joylardan biriga aylanmoqda. Hozirda Özbekiston öz turizm salohiyatini yanada rivojlantirişni boş maqsadlaridan deb bilmoqda. U yerda işlangan kino va körsatuvlar davlatning nomini tanitişda yordam bermoqda. Festival davomida pavilonda “Aral Dream” va “Özbekistonlik” platformalarining taqdimoti ham bölib ötdi”, – deyiladi Euronews reportajida.

Reportajda nomi zikr etilgan “Aral Dream” platformasining maqsadi insoniyat tarixidagi eng yirik atrof-muhit talofatlaridan biri bölgan Orol dengizining qurişi va uning öşa hududdagi aholi uçun zararlari haqida iloji boriça köproq insonlarga axborot beriş hisoblanadi.

“Özbekistonlik” platformasi esa hayotini yaxşi tomonga özgartiriş, orzulariga erişiş maqsadida xorijga ketib, muvaffaqiyatga erişgan yurtdoşlarimiz haqida. Ular boşqa davlatda, notaniş odamlar orasida yaşaş qiyinçiliklari, vatan va yaqinlar soğinçi haqida hikoya qilişadi. Filmda turli tabiat va taşqi körinişga ega, ammo maqsadlari öxşaş insonlarning taqdiri haqqoniy aks ettirilgan.