Köplab vatandoşlarimizning qalbidan joy olişga ulgurgan “Özbekistonlik” filmining navbatdagi qismini suratga oliş işlari yakunlandi. Uzbekistan’s Club jamoasi bu safar Buyuk Britaniyada istiqomat qiluvçi ikki vatandoşimizning aql bovar qilmas hayot yöli haqidagi hikoyasini suratga oldi.
Törtinçi epizodning ilk qahramoni Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki (YTTB)ning Ozarbayjondagi vakolatxonasi rahbari sifatida faoliyat yuritayotgan toşkentlik yurtdoşimiz – Kamola Mahmudova.

Ikkinçi qaharmonimiz esa buxorolik, hozirda Kembrij universiteti biologiya fanlari doktori – Temur Yunusovdir.
Ikkala qahramonimiz ham hayotda muvaffaqiyatlarga erişgunga qadar juda ham köp sinovlarni boşidan ötkazgan. Filmda ularning aynan hozirgi darajasiga çiqqunça bosib ötgan maşaqqatli yöli haqida aynan ularning özlari bir boşdan hikoya qilib beradi va işontirib ayta olamizki, bu hikoyalar tomoşabinlarimiz uçun juda qiziq böladi.
Yoşlarimizga motivatsiya vazifasini bajara oladigan törtinçi epizod London şahrida muvaffaqiyatli tarzda suratga olindi. Filmning premyerasi kuz faslida bölib ötişi rejalaştirilmoqda.


