Har bir mamlakatning kuçli tomoni bor. Har kim öz ustunligini topib, global raqobat maydonida munosib örnini egallaşi zarur. Özbekiston uçun şunday raqobatbardoş jihat – inson kapitali, yaʼni mamlakatning isteʼdodli, mehnatkaş va kuraşuvçan odamlari.

21 yoşli Abduqodir Husanov bunga eng yorqin misollardan biri. Ehtimol, u dunyodagi eng taniqli özbekistonlik. Qaysi soha vakili bölmasin, nima iş bilan şuğullanmasin, özbekistonliklar Husanovga havas qilmoqda. U – motivatsiya manbayi.

Abduqodir Husanov — Mehnat va natija

Bolalik va oilaviy muhit

Biografiyalarda muvaffaqiyatli insonlar sinfdan taşqarida nima bilan şuğullangani haqida albatta öqiysiz. Çunki aynan şu pallalar şaxs şakllanişida muhim örin tutadi. Olti yoşidayoq kelajakda futbolçi bölişga qatʼiy qaror qilgan Abduqodir maktabga kirgaç, “Bunyodkor” futbol akademiyasiga bora boşlaydi. Maşğulotlardan böş vaqtida esa futbol tomoşa qiliş uçun stadionga borişni kanda qilmaydi. Professional futbolçi bölmiş otasi Hakimjon Hoşimovning öyinlarini körgani. Ha-ya, otasidan qança faxrlanmasin, unga “Men Hoşimovning öğliman” deb aytmaslik uqtiriladi. Toki Abduqodirga uning otasiga qarab muomalada bölişmasin! Şuning uçun yigitçani akademiyaga olib borib kelişni ham amakisi Rahmatjon Hoşimov öz zimmasiga oladi.

Husanov maktabni bitirgungaça “Bunyodkor”ga qatnaydi. Murabbiylari undagi tuğma isteʼdodni payqaydi. Uçqirligi bilan ajralib turgan Abduqodir özidan ikki yoş kattaroq bolalar bilan bir jamoada öynab, maşq qiladi.

20 yoşgaça

2022-yil vaziyat taqozosi bilan Abduqodirga “Bunyodkor” klubi asosiy tarkibida öynaş uçun “tortmasligi”ni aytişadi. U esa Belarusga, “Energetik BGU” klubida öynaş uçun ketadi. 18 yoşli yigit xorijda turli şaroitlarda yaşaydi. Maşğulotlar hamda öyinlarda çiniqadi. 2022-yil 2-may kuni – “Energetik”ka qöşilganidan ikki oy ötar-ötmas – Neman Grodno jamoasiga qarşi öyinda u özining birinçi golini uradi, qöşimçasiga yana ikki golli uzatmani amalga oşiradi. Şu yili u Belarus çempionatining ramziy jamoasiga kiritiladi.

2023-yil Özbekistonning U-20 terma jamoasi safida öynaydi. Uşbu jamoa Osiyo çempionatida ğoliblikni qölga kiritadi. Keyinçalik yigirma yoşgaça bölgan futbolçilarimiz Argentinada jahon çempionatiga yöl oladi. Garçi nimçorak finaldagi mağlubiyat bilan çeklangan bölsa-da, terma jamoamiz dunyoning yirik skautlari va mutaxassislar eʼtiboriga tuşadi. Futbolçilar içida 19 yoş bölişiga qaramay, 25 yoşdek körinadigan, baquvvat özbek öğloni Abduqodir Husanov ham bor edi. Unga Yevropaning top ligalari, xususan, Fransiyaning “Lans” klubi oğiz sola boşlaydi.

Абдукодир Хусанов 2048х2560

Lans

2023-yil yozida Abduqodir Husanov Fransiyaning kuçli klublaridan biri – “Lans” bilan tört yillik şartnoma imzolaydi. Bu transfer orqali u Ligue 1 tarixida töp surgan ilk özbekistonlik futbolçiga aylanadi. Öşa yilning 29-noyabr kuni UEFA Çempionlar Ligasi doirasida “Arsenal”ga qarşi maydonga tuşadi va şu tariqa turnir tarixida öynagan eng yoş özbekistonlik futbolçiga aylanadi.

Uning “Lans”dagi eng yorqin lahzalaridan biri 2024-yil, Fransiya kubogi doirasidagi öyinda kimsan “Pari Sen-Jermen”ga gol urganida yuz beradi. Öyin davomida burçak zarbasidan keyin Abduqodir himoyaçilar orasidan sakrab, kuçli zarba bilan darvozani işğol qiladi. Şunda u qölini çakkasiga tirab, öz golini nişonlaydi. Intizom, iroda va qatʼiyat ramzi bölgan bu harakat nafaqat muxlislar, balki jamoa içidagi futbolçilar va murabbiylar tomonidan ham olqiş bilan kutib olinadi.

Parij-2024 öyinlari doirasidagi Özbekiston olimpiya terma jamoasi öyinlarini köriş uçun stadionga kelgan fransuzlar biznikilarga muxlislik qiladi. Nima uçun? Albatta, Husanov sababli. Axir, u fransuz naşrlariga köra, haftaning ramziy jamoasiga kirgan, hatto markaziy himoyaçi sifatida mavsumning Ligue 1 jamoasidan joy olgan edi.

Manchester Siti

2025-yil 20-yanvarda Husanov Angliyaning “Manchester Siti” klubi bilan tört yarim yillik şartnoma imzoladi. Bu transfer 40 million yevroga baholandi va u Premyer Ligada öynagan birinçi özbekistonlik futbolçiga aylandi. 2025-yil 25-yanvarda “Çelsi”ga qarşi öyinda debyut qildi. Dastlabki daqiqalarda xatoga yöl qöygan bölsa-da, öyinning qolgan qismida özini tiklab, yaxşi öyin körsatdi. 2025-yil 8-fevralda “Leyton Orient”ga qarşi öyinda özining birinçi golini urdi. Husanovning tezligi va himoyadagi işonçli öyini uni “Manchester Siti” muxlislari orasida maşhur qildi.

Mutaxassislarning fikriça, Abduqodir fenomeni özbek futboliga yangiça impuls berdi. Husanov “Man Siti”ga ötişi arafasida boşqa futbolçilarimiz ham ketma-ket yaxşi natijalarni qayd eta boşladi. 17 yoşgaça bölgan Özbekiston ösmirlar futbol terma jamoasi Osiyo çempionligini qölga kiritdi. Ha-ya, özbekistonliklar orasida futbol ixlosmandlari ham köpaydi va faollaşdi. Muxlislik hamda qöllab-quvvatlaş qarzi ham muhim. Husanov aytganidek, “sizlar bilan osonroq böladi”.

Qahramonimiz orzu qilganidek, bu tendensiya davom etar ekan, hali köp özbekistonliklar dunyo futboliga yangi qon bölib qöşilişini kuzatamiz.