Filmning 5-epizodi qahramonlari — Garvard universiteti fan doktori, iqtisodchi Botir Qobilov hamda AQSH Sog'liqni saqlash vazirligida kiberxavfsizlik bo'yicha mutaxassis bo'lib ishlayotgan Farog'at Eshbekova. Ular o'zlarining hayot yo'li, xorijda ilm va kasb cho'qqilarini zabt etish yo'lida yengib o'tgan qiyinchiliklar haqida hikoya qilishdi. Epizod premyerasi 2024-yil 26-sentabr kuni Toshkentda bo'lib o'tgan "O'zbekistonlik" IV xalqaro forumi doirasida bo'lib o'tdi, shu kuni film Uzbekistan's Club YouTube kanalida ham namoyish etildi.