
«O‘zbekistonlik» filmining uchinchi epizodi — orzulari sari chet elga ketib, muvaffaqiyatga erishgan yurtdoshlarimizning hikoyalari.
O‘zbekiston milliy simfonik orkestri dirijyor assistenti, bosh dirijyori, Reyndagi nemis operasi kapelmeysteri hamda Strasburg filarmonik orkestri musiqiy rahbari Aziz Shohakimov va dunyodagi eng yirik neft va gaz kompaniyalaridan biri “Shell”da tizim arxitektori sifatida ishlab kelayotgan Madina Berdiyevalar “O‘zbekistonlik” filmining 3-sonida bolalik qiyinchiliklari, muvaffaqiyatga erishishda oliy ta’limning o‘rni va oiladagi muhit ko‘plab to‘siqlarni yengib o‘tishda eng asosiy omil ekanligini aytib o‘tishdi.