
«O‘zbekistonlik» filmi yaxshiroq hayot va orzulari sari O‘zbekistonni tark etgan yurtdoshlarimizning hikoyalarini aks ettiradi. Ular begona yurtda, notanish odamlar orasida yashash qiyinchiliklari, vatan va yaqinlarni sog‘inish haqida so‘zlaydi. Film turli fe’l-atvor va qiyofadagi, ammo yagona maqsadli insonlarning yo‘lini haqqoniy ko‘rsatadi.
Filmning ikkinchi qahramonlari Tesla kompaniyasida biznes tahlilchi bo‘lib ishlayotgan Mushtariy Sharifova va ExoLaunch kompaniyasi bosh direktori Dmitriy Bogdanovlar o‘zlarining hayot yo‘li, o‘qish davridagi qiyinchiliklar va chet el kompaniyalarida ishlash tajribalari haqida hikoya qilib berishgan.