
2022-yilning 1-oktabr kuni Germaniya poytaxti Berlin shahrida "O'zbekistonlik" I xalqaro forumi bo'lib o'tdi. Forum butun dunyodagi iqtidorli o'zbekistonliklarni birlashtiruvchi, vatandoshlar va Vatan o'rtasida ko'prik bo'luvchi Uzbekistan's Club loyihasiga start berdi. Anjumanga Yevropada istiqomat qiluvchi vatandoshlar, nemis diplomatlari va ishbilarmonlari, shuningdek, O'zbekistondan taniqli OAV vakillari va blogerlar delegatsiyasi taklif etildi. Forum doirasida jahon hamjamiyatining e'tiborini Orolbo'yi mintaqasiga qaratishga mo'ljallangan Aral Dream xalqaro PR-dasturi taqdim etildi. Tadbirning asosiy voqeasi Germaniyada suratga olingan "O'zbekistonlik" filmining ikkinchi epizodi premyerasi bo'ldi.
2023-yil 23-aprel
2023-yilning 23-aprel kuni Fransiya poytaxti Parij shahrida “O‘zbekistonlik” II xalqaro forumni bo‘lib o‘tdi. Parijdagi «O‘zbekistonlik. Generating Ideas» xalqaro forumida xorijda katta muvaffaqiyatga erishgan 200 dan ziyod vatandoshlarimiz hamda mamlakatimizning kreativ va media sohasi yetakchilari bir joyga jamlanishdi.
Tadbirkorlik va turli sohalarda tajriba orttirgan hamyurtlarimiz o‘rtasida xalqaro hamkorlik hamda aloqa tarmog‘ini (netvorking) yo‘lga qo‘yish forumning asosiy maqsadi bo‘ldi. Anjuman doirasida ishtirokchilar O‘zbekiston ravnaqi uchun dolzarb bo‘lgan bir qancha yo‘nalishlarni, xususan:
Anjumanda muvaffaqiyatli hamyurtlarimiz hayotiga bag‘ishlangan “O‘zbekistonlik” hujjatli filmining uchinchi qismi ilk bor namoyish etildi. Kinokartinaning bu galgi epizodida Strasburg filarmoniya orkestrini boshqarib kelayotgan dirijyor Aziz Shohakimov hamda Shell korporatsiyasida IT-arxitektor lavozimida faoliyat yuritayotgan Madina Berdiyevaning bosib o‘tgan tajribali yo‘li va erishgan muvaffaqiyatlari so‘zlab beriladi.
2023-yil 18-oktabr
2023-yilning 18-oktabr kuni London shahrida navbatdagi III xalqaro “O‘zbekistonlik” forumi tashkil etildi. Tadbir doirasida “Uzbekistanʼs club” deb nomlangan zamonaviy, rang-barang jurnal namoyishi hamda ko‘pchilik intiqib kutgan “O‘zbekistonlik” loyihasining to‘rtinchi filmi premerasi o‘tkazildi.
Forumning asosiy voqealaridan biri ayni nomdagi “O‘zbekistonlik” filmning 4-epizodi premerasi bo‘ldi. Yuz minglab tomoshabinlarning mehrini qozonib ulgurgan badiiy-hujjatli filmlar turkumi o‘z sohasida olamshumul natijalarga erishgan vatandoshlarimizning hayotiy hikoyalarini so‘zlab berishda davom etmoqda. Bu safargi epizod qahramonlari YeTTB direktori Kamola Mahmudova va Kembrij universiteti biologi, fan doktori Temur Yunusovlar bo‘ldi.
Bundan tashqari forum mehmonlari va ishtirokchilarga “O‘zbekistonlik” jurnalining birinchi soni ham taqdim etildi.
2024-yil 26-sentabr
2024-yilning 26-sentabr kuni Toshkent shahrida “O‘zbekistonlik” IV xalqaro forumida bo‘lib o‘tdi. Forumning asosiy maqsadi — kreativ industriya orqali O‘zbekistonning ziyoli, iste’dodli va mehnatsevar xalq sifatidagi qiyofasini targ‘ib qilishdan iborat. Forumdagi eng muhim voqelik korporativ ijtimoiy mas’uliyat sohasidagi ilk “Oltin Chinor” Milliy mukofotini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Mukofot “Uzbekistan's Club” jurnali va “Progressiv islohotlar markazi” tomonidan biznes hamjamiyatini barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga rag‘batlantirish va maxsus ishlab chiqilgan metodologiyadan foydalangan holda eng yaxshi vakillarni aniqlash maqsadida ta’sis etilgan.