O‘zbekistonlik xalqaro forumining Berlin uchrashuvida film premyerasi va Aral Dream tashabbusi taqdim etilgan.
O‘zbekistonning Berlindagi elchixonasida “O‘zbekistonlik” xalqaro forumi va xorijda muvaffaqiyatga erishgan vatandoshlarimiz haqida hikoya qiluvchi “O‘zbekistonlik” filmining ikkinchi epizodi premyerasi bo‘lib o‘tdi. Forum ikki yuz nafardan ortiq muvaffaqiyatga erishgan vatandoshlarimiz, shuningdek, Yevropa diplomatlari, biznesmenlar, kreativ industriya vakillari va yevropalik ekspertlarni birlashtirdi.
YouTubeYouTube
“O‘zbekistonlik” forumi Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan Yoshlar ishlari agentligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Orient Group kompaniyasi va Uzbekistan Airways milliy aviatashuvchisi ko‘magida tashkil etilgan. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – chet davlatlarida yashab, faoliyat olib borayotgan va turli sohalarda muvaffaqiyatga erishgan o‘zbekistonliklarni birlashtirish hamda ular bilan ona vatan o‘rtasida muloqot o‘rnatib, hamkorlik ko‘prigini yaratishdir. Shuningdek, mamlakatning intellektual hamda iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashda hamkorlikdagi loyihalar amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Forum doirasida “Aral Dream” xalqaro PR-dasturi taqdimoti o‘tkazildi. Uning yordamida tadbir mehmonlari o‘z mobil qurilmalarida yangi Araldream.com onlayn-habidan foydalanib, Orolbo‘yi muammolari hamda ularni hal etishning innovatsion yo‘llari haqida to‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lishdi. Bundan tashqari, mehmonlarga Orolbo‘yi muammosiga bag’ishlangan “Sho‘rxok” qisqa metrajli filmi premerasi hamda O‘zbekiston xalq artisti Jenisbek Piyazov va Elektrooko guruhi ijrosidagi “Ertangi kun” videoklipi namoyish etildi.
O‘zbekistonlik Damir Musayev AQShdagi Yel universitetida genetika sohasidagi doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, fan doktori ilmiy darajasiga ega bo‘ldi.