Bloger “O‘zbekistonlik” loyihasining muhimligini ta’kidlab, u turli tarkibiy qismlarni o‘z ichiga olishi haqida so’zladi: bu xorijdagi o‘z sohasida muvaffaqiyatga erishgan, ulkan va ajoyib ishlarni amalga oshirayotgan shuningdek, forumlar o‘tkazayotgan vatandoshlarimiz haqidagi biografik hujjatli filmlar turkumidir.

Uzbekistan’s club media-rezidenti Feruzxonning aytishicha, Parij forumi bir maydonda dunyoning turli shahar va davlatlarida yashovchi vatandoshlarni birlashtirgan. Bu shu turdagi ikkinchi forumdir, birinchisi Berlinda bo'lib o'tgan edi.

“Bunday forumlarning eng katta maqsad va vazifasi — aloqalarni mustahkamlash, bir-birini bilishi kerak bo'lgan ajoyib odamlarni bir-biriga tanishtirishdir. Agar ajoyib odamlar bir-birini tanimaganida, “Qasoskorlar” ham, “Adolat ligasi” ham bo‘lmasdi”, - deydi Feruzxon Yoqubxo‘jayev.

Bloger, shuningdek, forum doirasida panel sessiyalari o‘tkazilganini, unda turli masalalar, jumladan, O‘zbekistonda media sohasini rivojlantirish masalalari muhokama qilinganini ham so’zladi.

YouTube
“Bizning vazifamiz – mediada yoritish. Panel muhokamalari doirasida O‘zbekistondagi media sohasi haqida suhbatlashdik”, — deydi Feruzxon Yoqubxo‘jayev. Feruzxonning so‘zlariga ko‘ra, forum ko‘plab vatandoshlarni bir joyda to‘plash va ularga bir-birlari bilan tanishish, fikr va tajriba almashish imkonini beradigan universal maydondir.