Ucell uchun Uzbekistan: Land of Talents dasturida ishtirok etish – iste’dodlar kashf etilgan, ambitsiyalari o‘sadigan va katta maqsadlarga erishadigan mamlakatga – kelajakka sarmoyadir.
Ishonchimiz komilki, O‘zbekistonning salohiyati, avvalambor, uning odamlarida: ishtiyoqi baland, bunyodkor va shijoatli xalqidadir.
Ular yangi, raqamli davrni shakllantiradi. Bizning telekommunikatsiya yetakchisi sifatidagi vazifamiz esa ularni qo‘llab-quvvatlash, imkoniyatlarini kengaytirish, bog‘lash va ilhomlantirishdir.


