Bobir Akilxanov “Forbes Tech Council” ro‘yxatiga kiradi. U Avstraliyada IT sohasida ta’lim olgan, hozirda esa biznesmen va investor, shuningdek, biznes-konsultant sifatida faoliyat yuritadi.

Uzbekistan’s Club rezidenti O‘zbekistonda texnologiya rivoji haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.
 

“2005-yildan boshlab O‘zbekistonda dasturchilar paydo bo‘la boshladi. Biroq, bu qiyin davrlar edi. Biz hatto Skype’dan ham foydalana olmasdik, chunki u bloklangandi. Keyin internetning jadal rivojlanish davri keldi, O‘zbekistonda 100 million dollarlik daromadga ega kompaniyalar bo‘lishi mumkin edi. Hammasi bor edi: sarmoya kiritishga tayyor ishbilarmonlar, yaxshi mutaxassislar. Lekin biz o‘z imkoniyatlarimizdan foydalanmadik”, – deydi u.

Yillar o‘tib vaziyat o‘zgardi. Hozir O‘zbekistonda AKT rivojlanishi uchun yanada ko‘proq imkoniyatlar paydo bo‘lyapti.

YouTube

“Hozir Chat GPT ommalashgan, chunki bu texnologiya hamma uchun ochiq. Yoshlar o‘zlarining informatsion mahsulotlarini yaratishi, chat so‘rov asosida o‘quv dasturi va boshqa hujjatlarni ishlab chiqishi mumkin”, – dedi Bobir Akilxanov.