REJALIMANMI?

Bu iş bilan boğliq. Masalan, kasbimni ölguday yoqtiraman. Kasbim bilan böğliq qanday reja bölişidan qatʼi nazar yorqin iştiyoq bilan yondaşaman. Jiddiy qarayman. Işim bilan boğliq muammolarimga na dangasalik, na hafsalasizlik xavf solmaydi. Qattiq jidd-u jahd qilaman.

Hayotiy rejalar borasida esa biroz boşqaça. Nimanidir reja qilib, ortga surib taşlaşim juda oson. Bu atrofimdagi vaziyatlarga boğliq. Köngilni qoldirişsa, qölim işga bormay qoladi. Tevarakdagi odamlar, muhit köp narsani belgilaydi. Qolaversa, ança taʼsirçanman. Bezişim oson. Şu sababmi, hozir özimni köp ayayman. Salbiy energiyali insonlardan uzoq yurişga urinaman. Hayotim borasidagi rejalarga qatʼiymasman, töğri. Ammo har qadamini reja bilan bosadiganlarga havasim keladi. Bu juda qiyin, katta diqqatni talab qiladi. Hayotda şunday odamlar yutadi deb bilaman. Har dam ğanimat, uni qadrlaş, çekimizdagi fursatlardan unumli foydalaniş kerak.

MUAMMONI QABUL QILAMAN

Inson atrof bilan murosa qilişi, ulardan köngli tölişi oson emas. Bu muammo hammada bor. Jumladan, menda ham. Ammo ruhiyatim ustida muntazam işlab kelyapman. Misol uçun, muammo tuğildimi, avval uni qabul qilişga, undan keyin esa könglim tölmagani ortidan kelgan işonçsizlikdan uzilib, özimni tiklaşga, yana hayotga qaytişga ehtiyoj sezaman.

Töğri, faqat özimning harakatlarim bilan tiklanolmayman. Suhbatdoş döst, dugona, tuşunadigan yaqinlar yordami tuşkunlikdan çiqaradi. Kerakli paytda yangragan töğri söz, maslahat köp narsani özgartiradi. Uning ustiga töğri tanlangan kitob, kino ham izsiz ketmaydi. Özing bilan yuzlaştiradi. Şulardan keyingina özimni uruşmasdan, ayblamasdan, töğirlaşga harakat qilaman. Tuşunganingizdek, bu oson jarayon emas...

Yulduz Rajabova — Hayotimdan roziman
Yulduz Rajabova — Hayotimdan roziman


YÖLSIZ YURSANG HAM...

“Odam yölsiz yursa ham, pirsiz yurmasligi kerak” hikmatli gapi bor edi ustozim Bahodir Yöldoşevning. Ularning köp ögitlari hozirgaça yuragimda. Mağzini sekin-asta çaqib yaşayapman. Anglaganim sari kuç beradi.

Kişi yölsiz qolsa ham, hamdami, piri, maslahatgöyi bölişi kerak. Töğri hamdam, suhbatdoşgina yölingni, özingni topişga turtki bera oladi. Könglini oçadigan va uni anglaydigan suhbatdoşi bölmasa, odam özini yolğiz his qiladi. Insonni yolğiz qoldirmaslik kerak. Şeʼrda aytilganidek, “Yolğizlik insonga ölim-ku, axir”.
 

Yulduz Rajabova — Hayotimdan roziman
Yulduz Rajabova — Hayotimdan roziman

IŞONÇSIZLIK...

Işonçsizlik bor. Baʼzan qörquv ham. Hayot qiziq ekan. Tuşkunlikka tuşgan payting, ortga qarasang juda çarçaganingni, kuçing qolmaganini his qilar ekansan. Oldga qarasang, hayot endi boşlanayotganday, köp kuç kerakday tuyular, ana öşanda qörquv bostirib kelar ekan. Kuçim yetarmikan degan öylar tinç qöymaydi. Ammo qörquv – bu qörquv. Oşib ötolmaydigan toğ emas, uni yengsa böladi. Yengiş esa öz qölimizda.

QIYOFALARIM...

Men ijro etgan obrazlarda öz qiyofam oçilgan. Hatto töliq oçilgani ham bor. Lekin hali körinmagan qirralarim köp. Bu jarayon. U töğri ketyapti öylayman. Öşa meni töliq oçadigan rolni öynaş uçun vaqt yetib kelişi, odam öziga vaqt ham berişi kerak. Şunday ekan hozirça hammasi soz. Vaqtda, jarayonda yana oçilib boraveramiz. Bir narsa aytay, xuddi hayotim kabi hozirgaça ijro etgan rollarimdan roziman, könglim töq.

TILLANISO oqqa köçirdi.