Amerikada barçasi deyarli men kutgandek edi. Agar tinmay mehnat qilsangiz, aqlingizni işlatsangiz, nimagadir erişiş mumkin. Bu “amerikaça orzu” deb ataladi – istagan odamda rivojlaniş imkoniyati bor. Köp döstlarim kutganidan köproğiga erişdi. Ayrimlari ösolmadi. Aslida butun dunyoda şu – intilsang, ustingda işlasang, örningni topasan. Odam öziga işonişi, tinimsiz mehnat qilaverişi kerak.
Safarim men uçun köproq maʼnaviy ahamiyatga ega böldi. Qöşiq aytişni rejalaştirmagan edim, sanʼatkor sifatida bormagandim. Men yangi hayot boşlaş uçun sarguzaşt izladim. Ötmişdagi zohidlarni bilasiz-ku, men ham şunday edim. Hayotni yangidan boşlaş xohişi bilan bordim. Menga hamma narsa yoqdi: yangi döstlar, yangi hayot, yangi muammolar va quvonçlar, göyo öz hayotimda emas, kinofilm içida yaşayotgandek edim…
Eng kutilmagan qiyinçilik COVID pandemiyasi böldi. Uyga qaytişni rejalaştirayotgan edim, lekin dunyoni qamrab olgan virus aviaqatnovlarni töxtatdi. Çikagoda kiçkina kvartirada, özim bilan yolğiz qoldim. Men uçun eng çidab bölmas narsa farzandlarimdan ayrolik, ularni bağrimga bosiş, erkalaş imkonining yöqligi edi. Yolğizlikdan aziyat çekdim. Buni köpçilik boşdan ötkazgan, şuning uçun tafsilotlariga töxtalmayman. Ammo “bizni öldirmaydigan narsa bizni kuçliroq qiladi” deganlaridek, kvartiramga qamalganimda aqldan ozmaslik uçun yangi albom ustida işlay boşladim. Bu albom avtomobillar, pul va ayollar haqida emas edi. Birdan hammasi ikkinçi darajaga ötgandi. His-tuyğular kuçayib, albom şu paytça Toşkentda yozganlarimdan butunlay boşqaça bölib çiqdi. Özim, yaqinlarim, odatiy tuyulgan tuşunçalar haqida öylaşga vaqtim böldi. Hozir yangi albomimning nega oldingilarga qaraganda biroz oğirroq ekanligini tuşuntira olmayman – karantin taʼsirimi yoki ulğayişning yangi bosqiçi? Faqat bir narsani bilaman – hamma narsa bir kun tugaydi. Çeksiz dard çekib ötirişim mumkin. Lekin bundan saboq olişim ham mumkin, aytişganidek, qayğu bu – tanlov. Xohla dard çek, xohla tuzal. Barça qiyinçiliklardan gözal albom bilan çiqqanim eng yaxşi tanlovim böldi.
Menga Vatan heç qaçon yuksak, uzoq tuşunça bölib tuyulmagan. Qançalik balandparvoz eşitilmasin, Vatan doim men bilan birga. Bu haqida bu yerda öqigandan köra, yangi albomimdagi “Özbekiston jism-u jon aro” qöşiğimni tinglasangiz, nimani nazarda tutganimni tuşunib olasiz.
TILLANISO suhbatlaşdi.




