Şubhasiz, bunday natijada mamlakatdagi sport infratuzilmasi, yaratilgan şaroitlarning yetarliça hissasi bor. Özbekiston sportining buguni va ertasi haqida fikrlaşiş maqsadida Milliy Olimpiya qömitasi Boş kotibi Oybek Qosimovni suhbatga tortdik.

– PARIJ-2024 YOZGI OLIMPIYA ÖYINLARI BÖYIÇA QANDAY XULOSALAR QILDINGIZ?

– Bu musobaqa mamlakat tarixidagi unutilmas voqelik böldi. 206 mamlakatning eng sara atletlari qatnaşgan murosasiz bellaşuvlarda delegatsiyamiz 8 ta oltin, 2 ta kumuş va 3 ta bronza medalini qölga kiritdi. Yakuniy natija bilan Özbekiston umumjamoa hisobida dunyo böyiça ön uçinçi, Osiyoda törtinçi, MDH, Markaziy Osiyo mintaqasi, Islom birdamligi va Turkiy davlatlar taşkilotiga aʼzo mamlakatlar orasida birinçi örinni egalladi. Ayol sportçilarimiz sönggi bor Pekin-2008 yozgi Olimpiya öyinlarida şohsupaga kötarilişgan, Yekaterina Xilko trampolin dasturida bronza medali sohibiga aylangandi. Oradan yillar ötib, dzyudoçi Diyora Keldiyorova esa Parijdagi ğalabasi tufayli yozgi Olimpiya öyinlari çempioni nomiga sazovor bölgan ilk özbekistonlik ayol sportçiga aylandi. Taekvondochi Svetlana Osipova kumuş medalni qölga kiritdi, 3 nafar sportçimiz ikki karra Olimpiada çempioni nomiga sazovor böldi, dzyudo, boks, taekvondo kabi yönalişlarda eng yuqori natijalarni qayd etdi.

Oybek Qosimov qora çarm kurtkada, metall stulda ötirib, qöllarini tizzasiga qöygan
Oybek Qosimov, Milliy Olimpiya qömitasi Boş kotibi.

Parij-2024 Olimpiadasiga tayyorgarlik davomida terma jamoalarimizga davlat tomonidan kerakli barça şaroitlar yaratib berildi. Natijada ilk bor jamoaviy sport turi – futbol böyiça Olimpiada yöllanmasiga ega böldik. Olimpiya öyinlaridan keyin Prezident Şavkat Mirziyoyev delegatsiya aʼzolarini qabul qilib, yangi Olimpiya sikli uçun vazifalarni belgilab berdilar. Sport vazirligi, federatsiya va assotsiyalar uşbu topşiriqlar ijrosi böyiça iş boşlab yuborgan.

Yutuqlar öz yöliga. Olimpiya öyinlari qaysi yönalişlarda köproq işlaşimiz kerakligini ham körsatib berdi. Xususan, maşğulotlar metodikasini takomillaştiriş, zamonaviy sport infratuzilmasini yaratiş, murabbiylar malakasini oşiriş va yoşlar orasida sportni yanada ommalaştirişga zarurat borligini tuşundik.

– OLIMPIYA ÖYINLARIGA PUXTA TAYYORGARLIK JARAYONIDA DAVLATNING IŞTIROKI QAYSI JIHATLARDA NAMOYON BÖLMOQDA?

– Davlatimiz sportçilarning yirik kompleks musobaqalardagi munosib iştirokini taʼminlaş uçun barça şaroitlarni yaratişga harakat qiladi. Federatsiyalarni moliyaviy qöllab-quvvatlaş, iqtidorli sportçilarni seleksiya qiliş, Olimpiya darajasidagi tizimli tayyorgarlik, malakali mutaxassislarni jalb qiliş, uzluksiz öquv maşğulot yiğinlarini taşkil etiş kabi işlar şular jumlasidandir. 2021-yilning 5-noyabrida qabul qilingan “2024-yil Parij şahrida (Fransiya) bölib ötadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya öyinlariga Özbekiston sportçilarini kompleks tayyorlaş töğrisida”gi Prezident Qarori bu yölda dasturulamal bölib xizmat qildi.

Oybek Qosimov qora palto va kostyumda, töliq böyda yurib kelmoqda
Oybek Qosimov.

Bizda atletlarni rağbatlantiriş uçun öziga xos tizim mavjudligini alohida taʼkidlaş joiz. Masalan, ortda qolgan Olimpiya siklida nafaqat Parij-2024’dagi sovrindor sportçilar, balki litsenziya sohiblari va ularning murabbiylari ham rağbatlantirildi. Asosiysi, bu tizim qatorasiga uçinçi Olimpiya siklida tatbiq qilindi.

– ÖZBEKISTON SPORTI QANDAY RESURSLAR HISOBIGA RIVOJLANTIRILMOQDA?

– Yuqorida tilga olingan hujjat bilan sport va taʼlim muassasalari faoliyatini örta va uzoq istiqbolda rivojlantiriş, Olimpiya va Paralimpiya sport turlari böyiça sportçilar zaxirasini tayyorlaş uçun zarur şaroitlar yaratiş maqsadlari belgilangan. Uşbu qaror asosida sport va taʼlim muassasalari faoliyatini 2025-yilgaça rivojlantiriş dasturi ham tasdiqlangan.

Sportni moliyalaştiriş davlat byudjetidan taşqari homiy taşkilotlar hisobidan ham amalga oşiriladi. Bu tizimda mablağlar Sport vazirligi hamda Milliy Olimpiya qömitasi orqali federatsiya hamda assotsiatsiyalarga yetkazib beriladi. Qolaversa, sport federatsiyalari va assotsiatsiyalarining öz homiylari ham mavjud, ularning iştiroki muayyan sport turlarini rivojlantirişga yordam beradi.

Oybek Qosimov atrofini köplab mikrofonlar örab olgan
Oybek Qosimov.

Davlat nafaqat professional, balki ommaviy sportga ham jiddiy eʼtibor qaratadi. Yoşlar örtasida ötkaziladigan “Beş taşabbus olimpiadasi” sport musobaqalari, aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholaş böyiça sport sinovlari, işçi-xodimlar örtasidagi “Hukumat kubogi” kabi ommaviy musobaqalar davlat tomonidan moliyalaştiriladi. Çunki ommaviy sport rivoji kelgusida oliy sport uçun yoşlarni seleksiya qilişda muhim rol öynaydi.

– MABLAĞLARNING MAQSADLI VA ŞAFFOF SARFLANIŞI QANDAY NAZORAT QILINADI?

– Bu borada Milliy Olimpiya qömitasi, Sport vazirligi, yönalişlar böyiça Respublika Oliy sport mahorati maktablari, federatsiyalar bilan işlaş böyiça alohida tizim mavjud. Federatsiyalarning talab va ehtiyojlari, mutaxassislarning xulosalaridan kelib çiqib terma jamoalarga mablağ ajratiladi. Jarayon yuqorida aytib ötilgan taşkilotlar tomonidan bir neça bor örganib çiqiladi. Yakunda yakdil xulosa asosida iş yölga qöyiladi.

Milliy Olimpiya qömitasi doimiy tarzda öz saytida xarajatlarning çoraklik hisobotini berib boradi. Qolaversa, moliyaviy faoliyat mustaqil audit kompaniyalari tomonidan muntazam tekşirib boriladi.

Azamat MURODOV suhbatlaşdi.