Uzbekistan’s Club jurnali qiziqib kördi: möyqalam tutib turgan bu insonning içida kim yaşirin? Musavvirning qalbiga nigoh taşlasak, kimni köramiz? Qiziquvçanligimiz zör kelib, Mohiraning qiyofasini özimiz yaratişga kirişdik. Buning uçun undan bolalik bilan boğliq beşta eng yorqin xotirasini yodga olişni söradik. Bu şunday xotiralarki, bir marta sodir böladi-yu tamom, toabad öçmaydi. Nega aynan şu xotiralar ekanligiga esa izoh yöq. Biz yaratgan portretlarga boqing, söng közlaringizni yuming-da, xotirangizda bolalikdan abadiy yodgor qolgan, “mahkam örnaşgan marvaridlar”ni esga oling.

Mohira Mullajonova

1-portret. Asalli renessans

Ijod har doim jon-u dilim bölgan. Baxtimga, ota-onam kanselyariya mahsulotlari va ijod uçun kerakli anjomlarni doim muhayyo qilişgan. Esingizdami, hamma rastalarda “Gamma” akvarel böyoqlari bölardi. Maktabda ham qaysi öquvçining qöliga qaramang, nuqul şu böyoq bordek edi. Unga “asalli” deb yozib qöyilgandi. Öylab öyimga yeta olmasdim: nega endi “asalli?” Bola ekanman, şu savol heç tinçlik bermas, hadeb taʼqib qilardi. Va bir kuni nihoyat jurʼat qildim: böyoqni tatib kördim. Haqiqatan ham şirin ekan! Asalli. Geştalt yopildi. Qiziği, ularning nimadan tayyorlanişini haligaça bilmayman. Içida çindan asal bormikin yoki yöq?!

Siz-çi, bilasizmi?

2-portret. Puşti Toşkent

Bolaligimdagi eng birinçi, eng yorqin xotira. Toşkentda qiş kunlari puşti rangda tovlanadigan osmon. Bolalikda köçada issiqmi, sovuqmi, unça farqiga boravermaysan. Ota-onang nimani kiy desa, şuni kiyasan, vassalom. Aniq-tiniq yodimda: osmon, ufqqa boş qöyayotgan quyoş. Qoronğu tuşa boşlagan, ammo hali keç kirgani yöq. Osmon puşti tusda, yonayotgandek xuddi. Qor gupillayapti, köçada yurib boryapman. Tevarak-atrof qor. Faqat nariroqda bitta yöl bor, tagidan issiq suv quvurlari ötgan, u yerda odatda qor töplanmaydi. Ammo öşa kuni şu yöl ham qor bilan qoplangandi. Tuşundimki, köçada qahraton sovuq. Oç puşti osmon ostida ketayotgan mening içimda esa möjiza hissi mavjlanadi.

Siz-çi, hozir baxtlimisiz?

Mohira Mullajonova
Mohira Mullajonova

3-portret. VHS qulaylik

Bu esa uçinçi eng yorqin xotiram. Oqşom singlim bilan VHS kassetalarida multfilm körayotgandik. Bu biz uçun haqiqiy möjiza edi! Ammo menga multfilmdan ham köra köproq kassetalarning hidi yoqardi. Uyimizda qop-qora, xunuk pleyer bölardi. Uning içidan kassetani olganingda... Xuddi tupurgandek çiqarib berardi öziyam. Darrov hidi tutib ketardi. Issiq tasmaning hidi. Qizigan plastik. Yana bu pleyerning ovozi ham juda yoqardi. Orqaga-oldinga aylantirayotganingda çiqadigan ovoz bor-ku. Butun olamga teng ovoz. Endi heç qaçon ortga qaytarib bölmaydigan olam.

Siz xuddi eski VHS pleyerlardagi kabi hayotingizni ortga qaytarişni istarmidingiz?

4-portret. Ruxsat sörang!

Bunisi esa unçalik yoqimli xotira emas. Ammo unutiş imkonsiz. Men 90- va 2000-yillar boşida voyaga yetganman. Öşa vaqtda şaxsiy hududni hurmat qiliş degan tuşunça yöq edi. Bolalar u yoqda tursin, hatto kattalarda ham. Va bu şunçalik ğaşimni keltirardiki! Ota-onang bilan mehmonga borasan. Yoki senikiga kelişadi. Va hamma kattalar söramay-netmay seni quçoqlab, öpa boşlaydi. Özim yaxşi köradigan insonlarning mehrini his qiliş yoqimli, albatta. Ammo köpçilik bilan bunday aloqaga huşim yöq edi. Buni yaqqol his qilardim. Izn söraş odat bölgan madaniyatlarni juda hurmat qilaman. “Sizni quçoqlasam maylimi?” Nazarimda, hamma bolalarni erta yoşdanoq öz şaxsiy hududini himoya qilişga örgatiş kerak.

Mohira Mullajonova

Bolaligingizda şunday vaziyatlarda özingizni noqulay his qilganmisiz?

5-portret. Onam pişirgan keçki taomlar

Onam butun umrini oilasiga baxşida qilgan. Bizga, farzandlariga. Oilada mendan ikki yoş kiçik singlim ham bor. Har oqşom onam biz uçun yangi qozon osardi. Heç ovqat isitib yemasdik. Hozir esa bu çeksiz mehr ifodasi bölganini, oilang uçun har kuni taom tayyorlaş aslida katta haşamat ekanligini tuşunaman. Bu özimning qölimdan kelmaydi. Ovqatlarni bir neça kun oldin qilib qöyişga harakat qilaman. Ammo onam har qanday vaziyatda ham ovqat pişirişni kanda qilmasdi. Dasturxon atrofida butun oilamiz jamuljam bölardi. Yangiliklarni muhokama qilardik. Bugun şularni eslab, har oqşom dasturxon atrofida oilaning barça aʼzolarini köriş haşam ekanligini his qilaman. Bu senga tayanç hissini beradi, içki quvvat bağişlaydi. Qalbingda uçqun yilt etadi. Bilasanki, uyda seni kutişadi, yaxşi körişadi. Ayol – uydagi muhit yaratuvçisi, degan gap çin. Hozir onam, buvilarim, ammamni tahlil qilarkanman, barça mehnatlari zoye ketmaganini tuşunaman. Ulardan örganganlarim köp.

Siz-çi, onangiz pişirgan taomlar mazasini unutmadingizmi?

Nikita MAKARENKO suhbatlaşdi.