Rekord
Aynan şu matçdagi muvaffaqiyatdan keyin Özbekistonning futbol böyiça Olimpiya terma jamoasi Parij-2024 öyinlariga yöllanmani qölga kiritgan edi. Gap şundaki, mamlakatimiz hali heç qaçon Olimpiada öyinlarida jamoaviy sport turlari böyiça qatnaşmagandi.
Masʼuliyat
Olimpiya öyinlariga ötiş bizning uzoq kutilgan orzumiz edi. Biz bu uçun naqd 3,5 yil işladik. “Olimpik” futbol klubi ham ayni şu maqsadda taşkil qilingan edi. Asosiy tarkibni ham, zaxirani ham kuçaytirdik.
Ammo oldimizga qöygan katta natija – Özbekiston tarixida birinçi marta sodir bölgan voqelikni his qiliş, uni nişonlaşga vaqtimiz bölmadi. Parijdagi Olimpiadaga juda oz vaqt qolgan edi. Bizning oldimizga qöyilgan vazifani uddaladik, Olimpiadaga çiqdik, lekin albatta undan keyin “Parijga borib, şunçaki öyin körsatib kelsak böldi,” deya olmasdik. Bizni millionlab muxlislar kuzatişi va bizdan ğalaba kutişini tuşunardik. Bu katta masʼuliyat edi.
Qöllov
Iyun oyining boşida terma jamoamizning rasmiy madhiyasi bölmiş “Özbekistonlik” qöşiği uçun videorolik tasvirga olinayotgan pavilyonga bordik. Internetda va mediada közga köringan şaxslar, bloger, şarhlovçi, sanʼatkorlar, yoşlar töplangan ekan. “Bu qanaqadir ajoyib loyihaning boşlanişi,” dedim özimga özim.
Haqiqatan, futbolçilarimiz uçun xalqimizning qöllab-quvvatlaşi juda zarur edi. Tez orada videorolik premyera qilindi va u tarmoqlarda, yetakçi telekanallarda, hamma yerda aylandi. “Men özbekistonlikman – qonimda ğalaba”, kuzatişimça, qöşiqning köpçilik qaytarib aytib yuradigan motivatsion fragmenti böldi.

Havas
Futbol böyiça Olimpiya terma jamoamizning har bir aʼzosida nafaqat özidagi yuksak iqtidor, tirişqoqlik va mehnatkaşlik, balki aynan şu qirralar yana ham rivojlanişiga hissa qöşgan oila va yaqinlar bor. Agar ularning ota-onasi va atrofidagilari “nima qilasan şu futbolni, ertadan keçgaça koptok tepgandan köra böladigan iş bilan şuğullan,” deganida hozir biz Parij-2024 öyinlariga çiqa olmas ham edik.
Yana futbolçilarga havas ham mahoratli sportçilar yetişib çiqişida muhim örin tutadi. Uzbekistan’s Club taşabbusi bilan köplab taşkilot va kompaniyalar, maşhurlar, ommaviy axborot vositalari birlaşib amalga oşirgan #qonimdagalaba çellenjida şunday ajoyib jihat bor edi. Bu ham bölsa, millionlab hamyurtlarimizda katta işni uddalagan futbolçilarimizga, umuman, qiyinçiliklar bilan muvaffaqiyatga intilayotgan özbekistonliklarga havasni uyğotişdir.
Instagram hozir yoşlar orasida ham, hatto farzand tarbiya qilayotgan örta yoşli insonlar orasida ham ommalaşgan. Aynan u yerda olimpiadaçi futbolçilarimizni qöllab-quvvatlagan holda yuzlab kreativ videolar yaratilişi bizning ham kayfiyatimizni kötardi, muxlislarimiz iştahasini ham oçdi. Ular bizga köproq qöllov va mehr bilan qaraşiga hissa qöşdi.
Debyut
Olimpiadadagi ilk uçraşuv, Ispaniyaga qarşi keçgan match yakunida tabloda terma jamoamiz mağlubiyatini körsatuvçi raqamlar yonib turardi. Lekin biz aynan öşa kuni katta bir yutuqni qölga kiritganimizni his qildik. Biz çinakam jamoaviylik, bir tanu bir jon böla olişga erişdik. Olimpiadaga ilk bor çiqqan terma sifatida bunday musobaqalarda bitta oltin, ikkita kumuş medali sohibi böla olgan favorit bir jamoaga qarşi munosib öyin körsatdik.
Bizda kuçligina 12-öyinçi ham bor edi. Buni ham alohida aytib ötiş kerak. Olimpiya öyinlariga mezbonlik qilayotgan şaharga uzoq bölmagan yerdan kelgan minglab ispan tomoşabinlar ovozidan balandroq hayqira olgan, bizga taʼriflaş qiyin bir şuurni, ruhni sovğa qila olgan muxlislar bor edi. Ular nafaqat bizning, balki stadiondagi barçaning, xususan, boşqa mamlakatlar jurnalistlarining ham eʼtiborini qozondi.
Men yigitlarga doim uqtirardim: “futbol şunday sportki, yutqizganingizda sizlardan yomon odam bölmaydi. Şuning uçun doim öz ustingizda işlab, balandroq marralarga intilavering”. Futbolning şunday, qandaydir bir adolatsiz jihati bordek edi. Lekin Olimpiada davomidagi keyingi öyinlarda mağlubiyatga uçragan bölsak ham, haqiqiy muxlislar biz bilan ekanini his qilib turdik.
Parij-2024 musobaqalari tugadi, ammo futbol böyiça Olimpiya terma jamoamiz hamda milliy terma jamoamiz oldida hali köp öyinlar turibdi. Özbek futboli yangi darajaga kötarilişi nuqtayi nazardan hali hammasi endi boşlanyapti, menimça.


