Bu hissiyotni tuşuntirib beriş qiyin. Bir-birimizga qarama-qarşi ötirarkanmiz, Oksana tuyğularini ifodalaş uçun söz axtardi va oddiygina qilib şunday dedi: öz uyim – ölan töşagim, qalbim şu yerda...
Ehtimol, öz Vataningni nega sevişingni anglaş, anglatiş imkonsizdir. Nega şu makondagi hayotingdan mamnunsan, nega bu yerdagi muammolaring sen uçun bir munça yengil?! Keling, Oksananing his-tuyğulari ifodasini, tasvirini suhbatimiz davomida bilib olamiz.
U özi qöl urgan har qanday işga mehr bilan yondaşadi. Hayotida sodir bölgan barça oğir-u yengilliklarni minnatdorlik bilan qabul qilişga örgandi va bunda davom etmoqda. Baxtli bölişni xohladi va bunga özining qatʼiyati, qolaversa qaysarligi bilan erişdi.
Endilikda u sport gimnastikasi akademiyasi direktori vazifasini zimmasiga olgan. Tokio Olimpiadasidan keyin faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgaç, Prezident Şavkat Mirziyoyev unga öz nomidagi akademiyani oçiş va uni boşqarişni taklif qildi. Azaliy orzusi bilan mos bu taklifdan behad baxtiyor böldi.

Akademiya
– Özbek tilini örganişga vaʼda bergandingiz...
– Örgandim. (Oksana kuladi) Qurulişda iş boşqaruvçi bölişim mumkin. Dakki berişni ham qoyillataman.
U akademiyaga qabul qilgan öğil-qizlar uçun iş boşqaruvçi, quruvçi, direktor, psixolog va hattoki enaga bölişiga töğri keldi. Forma masalasi jiddiy tösiq böldi. Ota-onalar bolalarining gimnastika bilan şuğullanişini xohlaşadi-yu, lekin çömiliş kiyimlarini qabul qila olişmaydi.
– Hozir kombinezonlarda ham çiqiş qilsa böladi. Men ota-onalarga aytaman, gimnastika hatto arab mamlakatlarida ham maşhur yönaliş, qizlar yopiq liboslarda qatnaşişadi, deb. Aksariyat ota-onalar har qanday sport turidagi karyerani aynan gimnastikadan boşlaş mumkinligini bilmaydi. Bu sport turi yakka kuraşlarda ham, boksda ham, yuguriş yoki sakraşda ham birdek asos vazifasini ötaydi. 3-4 yil qatnaş va istagan boşqa yönalişingga ötib ketaversa böladi, jon deb olişadi. Çunki koordinatsiya bor, çöziluvçanlik bor, miya butun.
– Miya?
– Albatta. Şunday qoida bor: agar maktabda yomon öqisang, sendan yaxşi sportçi çiqmaydi. Axir, bu murakkab neyron aloqalarni öz içiga oladi. Boşingiz va tanangiz bir butundir, soniya içida siz qöllaringizni qanday kötarişni, tanangizni qanday burişni, qanday qözğaliş va sakraşni, harakatlaringizni qanday muvofiqlaştirişni hal qilişingiz kerak. Aql bölmasa, sport ham barbod böladi.
Şuningdek, Oksana rahbarligidagi akademiyada tartib-intizom juda qattiq. Bu köpçilikka, aniqroği, heç kimga yoqmaydi. Ota-onalar majlisida Oksana ularga murabbiydan yaşirinça bolalarga şirinliklar bermaslikni tuşuntiradi, ular sportçilarga ruxsat etilgan meʼyorda qança bölsa, şunça olişadi. U bolalarga “voy qöllari şilinibdi, maşğulotga bormaydi”, deb açiniş kerakmasligini taʼkidlaydi.
Ota-onalar bilan bölgan uçraşuvda Oksana bolalar uyga faqatgina taʼtilda borişlarini eʼlon qildi. Çunki ular uydan şardek semirib qaytişadi.
Oksana har qanday şakldagi qöpollikni xuşlamaydi. Agar u öğil bolalar qizlarga yomon munosabatda bölayotgani yoki farroş va oşpazlarga qöpollik qilişayotganini sezsa, bundaylarni heç ikkilanmay haydab yuborişi mumkin.
Hozirda akademiya deyarli tayyor, jihozlarni olib kiriş qoldi, xolos. Oksana sport jihozlarini kamida ön beş yil xizmat qiladigan turdagi yevropaça sifatni xohlaydi. Bunday uskunada örgatiş oson. Töğri, qimmat, lekin gap Özbekistonning obrösi haqida ketganda Oksana bilan savdolaşib köring-çi!
Oila
– Turmuş örtoğingiz yaxşi. Içmaydi, çekmaydi, urmaydi.
– Ha. Bu borada omadim çopgan.
Oksaning turmuş örtoği Bahodir Qurbonov yunon-rum kuraşçisi, Osiyo çempioni. Alişer kasal bölib qolib, uni davolatiş uçun Germaniyaga ketişganida, u öz faoliyatini Oksananing karyerasi uçun qurbon qildi. Kimdir “uyda” qolib, barça muammolarni hal qilişi, yana kimdir esa maşğulotlarga qatnaşişi kerak edi. Şunda Bahodir Isoqoviç Oksanani, Alişerni, muolajalar, ayolining maşğulotlari, begona mentalitet, rözğor va yana bir dunyo vazifalarni öz yelkasiga oldi.
– Baʼzan öylab qolaman, men u kabi yöl tuta olarmidim? Öylaşimça, yöq, bu juda katta qurbonlik.
– Özingizni ayblayapsiz...
– Yöq, albatta. U doim meni hamma narsadan asraydi, himoya qiladi, barça muammolarni hal qiladi.
– Kim boşliq?
– Bizda boşliq yöq. Biz hammasini birgalikda hal qilamiz. Uning ham öziga yaraşa feʼl-atvori bor, lekin 25 yil birga yaşaşni uddasidan çiqdik. 25 yil... Köz oçib yumgunça ötib ketdi. Bahodir, yildan-yilga menga bölgan sevging kamayib borayotgandek, deydi. Men esa, unday emas, bizning muhabbatimiz yiğilib boradigan xususiyatga ega bölsa kerak, deyman.
– Qaynona?
– Men uni juda yaxşi körardim. Afsuski, u endi oramizda yöq. Ularning oilasida sakkizta farzand, hammasi meni yoqtirişadi. Iştixonga, ularnikiga kelin bölib tuşganimda, heç narsani bilmasdim, kenja kelin edim. Şunda u hammaga tayinlagandi, Oksanaga tegmanglar, u şuğullanyapti, çarçab qoladi. Ovqatni pişirişga boşqa odam topiladi, deb.
Şohsupa
– Juda baxtli insonsiz, Oksana...
– Şohsupada turganingda va madhiya yangrayotganida barça qiyinçiliklar, jarohatlar, oğriq va maşaqqatli mehnatlaring evaziga buni uddalaganing haqida öylaysan. Aslida har gal özing bilan kuraşasan, axir. Odamlar, men sendek bölolmayman, men uddalolmayman, deyişlarini heç tuşunolmayman. Axir, siz hatto urinib ham körmadingiz! Toki muvaffaqiyatga erişmagunça, olğa yuriş, qayta-qayta urinib köraveriş kerak.
– Raqiblar esa bari yoş va baquvvat...
– Ha. Men ularning hammasini taniyman, nimaga qodirliklarini bilaman.
– Kamiga tanqidçilar Oksana allaqaçon qarib qoldi, u endi hadeb özi qatnaşavermasdan, bolalarga ham örgatişi kerak, deb jar solişadi...
– Modomiki ularga şu kerak ekan, özlari örgataverişsin. Nega ular men nima qilişim kerakligini hal qilişni yaxşi körişadi?
U Tokioda sportni tark etişini eʼlon qildi. Biroz vaqt ötib esa, faoliyatini tiklaganini maʼlum qilib, Osiyo öyinlariga bordi va finalga çiqdi. Hozir esa Parij Olimpiadasiga tayyorgarlik köryapti. Jahon Kubogi bosqiçlari 15-fevraldan start oldi. U yerda Oksana birinçi yoki ikkinçi örinni olişi kerak. Bu ham oson emas.
– Hozir tayyorlanyapman, Xudo xohlasa, albatta, uddalayman. Tokioda men atrofdagilarning iddaolari taʼsiriga tuşib qoldim. Ular allaqaçon faoliyatimni tugatiş vaqti kelgani haqida gapirişardi. Boşqa heç qaçon bunday qilmayman, bundan buyon faqat özim töğri deb bilgan yölni tutaman. Umuman, odamlar qiziq. Bir qarasang, “böldi, sakraşni yiğiştir, boşqalarga ham örgat”, deyişadi. Medal bilan qaytganingda esa, xuddi öşa odamlar, “barakalla, biz senga işonardik”, deyişadi. Men olimpiadaga borib, medal olişni orzu qilmagan bironta sportçini bilmayman. Bordi-yu kimdir menga ğolib bölolmasligimni aniq başorat qilib berganida ham, baribir borgan bölardim. Bu mening hayotim. Siz heç qaçon nima bölişini oldindan bilolmaysiz, bu sport turida heç nimani başorat qilib bölmaydi. Baʼzan sen 100% tayyor böla turib, muvaffaqiyatsizlikka uçraşing mumkin. Baʼzida esa unça yaxşi tayyorgarlik körmagan bölasan-u, lekin ğalabaga erişasan. Keyin esa qanday qilib bunday bölganiga tuşunolmay qolasan. Bu ham bir omad.
Farzandining dardga çalinişi uni omadsizliklardan tuşkunlikka tuşmaslikka örgatdi. Umr yöldoşining muhabbati oyoqqa turişiga va sinib qolmasligiga yordam berdi. Sport uni afsonaga aylantirdi. Özbekiston uning eng katta orzusini röyobga çiqardi.
Oksanani baxtli qilgan omil esa uning özi edi. Çunki inson irodasining toblanişi unga özidan boşqa heç kim yordam berolmasligini esga soladi.
Saşa IVANYUJENKO suhbatlaşdi


