– Örta yoşga yaqinlaşar ekansiz, nimalarni özingizda kuzatdingiz? Nimalarni his qilyapsiz? Bu qançalik muhim? Yoki bu siz va sizning yoşingizdagilar uçun oddiy hayot bosqiçimi?
– Örta yoşga yaqinlaşganda vaqt qayta tiklanmaydigan resurs ekanligini töliq anglab yetiş boşlanadi. Men hayotimga nisbatan boşqaça qaraşni his qilyapman. Yoşlikdagi şoşqaloqlik, dağallik örniga har bir harakatim va munosabatlarimni çuqurroq mulohaza qiliş ehtiyoji paydo böldi. Erişganlarimga nazar solib, ular içki missiyamga va boşqalarga qançalik foydali bölganini öylab köryapman. Köpgina tengdoşlarimda ham bu eski qadriyatlarni qayta baholaş va yangi maʼno izlaş davriga aylandi. Bu oddiy bosqiç emas, balki katta masʼuliyat talab qiladigan yangi qarorlar qabul qiliş vaqti. Örta yoş – öziga, vaqtiga va yaqinlariga nisbatan yanada masʼuliyatli böliş davri.

– Erkak kişi 40 yoşga tölgandan keyin uyoğiga vaqt juda tez ötadi, deyişadi. Odamda köp işga ulgurmay qoliş hissi paydo böladimi? Bunda qanday yöl tutiş kerak?
– Ha, bu his haqiqatan ham paydo böladi. Inson hayotiga nazar taşlab, köplab maqsadlariga yetib ulgurmaganini anglaydi. Bu esa xavotir va ötkazib yuborilgan imkoniyatlar uçun afsusni tuğdiradi. Ammo bu fikrlarni yengiş juda muhim. Bunday vaziyatda bugunga eʼtibor qaratiş va maqsadlarni qayta körib çiqiş lozim. Nimalarga ulgurmaganingdan afsuslaniş örniga hozir nima qilişim mumkin, deb savol beriş kerak. Vaqt tez ötyapti, lekin şu bilan birga his-tuyğularing yanada aniq, teran bölib şakllanyapti.
Bu donolik yoşi, sen endi özingni turli işlarga çalğitmaysan, balki eng muhimlariga diqqat qaratasan. Köp narsalarga ulgurmaganlik hissi doim bölişi mumkin, lekin bu töxtab qolişga sabab bölmasligi, aksinça bu har bir lahzani samarali ötkaziş uçun motivatsiya bölişi kerak.

– Aktyorlarda örta yoş inqirozi qanday keçadi? Ayni yoşda aktyor na ota, na talaba, na yoş yigit, na qariya-ku... Kino va teatrda işlayotgan professionallar xayollaridan şu davrda nimalar ötadi?
– Aktyor uçun örta yoş noyob bosqiç, çunki sen turli rollarning çegarasida turibsan. Endi yoş yigitlar rolini öynolmaysan va hali qariyalar obraziga ham tayyor emassan. Bu albatta öziga işonçsizlik hissini keltirib çiqarişi mumkin: men endi qanday aktyorman? Ammo aynan şu davrda rollarni çuqur talqin qiliş imkoniyati paydo böladi.

Yaʼni bu pallada köpçilik öz personajlarini qançalik çuqur tuşunişi haqida öylay boşlaydi. Bu esa nafaqat sahnadagi rollaringni, balki hayotdagi örningni ham qayta körib çiqiş uçun undaydi. Menimça, bu yoşda ijodiy faoliyatga yangiça nazar bilan qaraş, özini ifoda etişning boşqa yöllarini izlaş zarurati tuğiladi. Bu imkoniyatdan qörqmay foydalaniş kerak. Faqat aktyorlikda emas, rejissurada, ssenariy yozişda yoki taʼlimda özini topiş mumkin.
– Örta yoş va umuman hayotning turli bosqiçlari töğrisida yana nimalarni ayta olasiz?
– Hayotning har bir bosqiçi bu Yaratgan tomondan berilgan neʼmat. Uni öşa qiyinçilig-u saboqlari bilan qabul qilişing kerak! Örta yoş bu – öz qadriyatlaring va kuçingni töliq anglaydigan vaqt. Bugun yangi yönalişlar uçun energiya ham bor, ammo uni behafsala sarflamaslik uçun donolik ham bor. Hayot bosqiçlari bu – yil fasllari kabi, har birining öz gözalligi bor. Kuz ayrimlar uçun yakundek tuyulişi mumkin, ammo aslida u hosil mavsumi, kamolotning ifodasi va yangi imkoniyatlarga tayyorgarlik bosqiçidir.
Iroda NASIMOVA suhbatlaşdi.


