Ilm-fanda faoliyat olib boriş, tadqiqotlar va izlanişlar ustida işlaş maqsadida okean ortiga yöl olgan yoş yigitça bir neça yillik maşaqqatli mehnat ortidan Garvard universitetining doktoranti bölib yetişdi. Hozirda u AQŞning nufuzli universitetida professor bölib faoliyat yuritadi. U moliya va iqtisodga oid qaraşlari, tahliliy fikrlari bilan muntazam ravişda özbek OAVlarida faol qatnaşib keladi. Özbekistonning iqtisodiy rivoji va farovonligiga erişiş – uning maqsadga köçgan orzusidir.
Yoşlik davri
– Toşkentda, ziyoli oilada tuğilganman. Oilamizdagi ilm-fan muhiti meni hamma narsaga faqat bilim oliş orqali erişiladi, degan qatʼiy qoida asosida ulğaytirdi. Tahsilni “eski şahar”dagi oddiy maktabda boşladim. Barça fanlardan aʼlo bahoga öqişga intildim. Hatto boşlanğiç sinfdagi öqituvçim onamga “öğlingiz professor böladi” deb aytgan ekan.
Ota-onam meni maktabdan taşqari qöşimça repetitorlarga ham berişgan. Çunki öşa paytda örta maktabdagi taʼlim universitetga kiriş uçun yetarli emas edi. Qöşimça mablağ evaziga bilim olayotganim ota-onamga oğirlik qilayotganini his qilganim uçunmi öz ustimda yaxşiroq işlaşga harakat qilganman. Ayniqsa, ingliz tilini juda yoşlik paytimdanoq özlaştirganim menga qöl kelgan.
Ilm-fan ortidan AQŞga
– Bakalavrni Toşkentdagi Singapur menejmentni rivojlantiriş institutida tamomladim. Undan avval bir yil davomida nodavlat oliy taʼlim muassasasi bölgan “Kelajak ilmi”da tahsil oldim va öşa yerda iqtisodiyot, moliya yönalişlariga qiziqişim orta boşladi. Iqtisodiyot va hayotda resurslar çegaralanganligi, muqobil xarajatlar, inson faoliyatida rağbatning örni kabilar meni öz olamiga tortib ketdi. Bakalavrni tamomlagaç, Özbekistonda uç yil işladim. Yangi bilimlarni örganiş iştiyoqida AQŞning Kolumbiya, Jon Hopkins, Tafts va Dyuk universitetlari magistratura dasturlariga qabul qilingan bölsam-da, katta grant yutib olganim bois Dyuk universitetini tanladim. Şu bilan mening ilm-fan va akademiyadagi faoliyatim AQŞda boşlandi. Universitetda öqiş barobarida ilmiy tadqiqotçi bölib ham işladim. Professorlarning loyihalarida yordamçi bölib, iqtisod, moliya yönalişlaridagi tadqiqot “oşxona”sini içdan örganişga harakat qildim.
Garvardda doktorantura
– Men yoşlikdan professor bölişni xohlaganman. Oilamning qöllab-quvvatlaşi va öşa birinçi sinfdagi öqituvçimning “başorati” bilan şu yöldan ketdim. AQŞda universitetda professor böliş, tadqiqotlar olib boriş, akademiya faoliyatini har tomonlama örganiş uçun doktoranturada öqiş zarur. Bu esa bir-ikki kunda bitadigan iş emas. Unga tayyorgarlikni aslida bakalavrdan boşlaş kerak. Magistraturada tahsil olayotganimda ham doktorantura uçun jiddiy tayyorgarlik körar edim. Professorlarga assistentlik qiliş davomida tavsiya xatlarini oldim, kerakli fanlarni çuqur özlaştirib, qabul komissiyasidagi test sinovlaridan ötdim. Xudoga şukr, Garvard universitetiga qabul qilinib, 2024 yilda u yerni doktorlik darajasi bilan bitirdim. Hozirda tadqiqotlarimning mavzusi asosan raqamli texnologiyalar va maʼlumotlarning kapital bozori, regulyatsiya, soliq maʼmurçiligi hamda iqtisodiyotga taʼsirini örganişga qaratilgan.
Özbekiston bizning vatanimiz
– Albatta, Vatan yagona. Qayerda öqiş, işlaş, yaşaşimizdan qatʼi nazar bir oyoğim doim ona yurtimda. Özbekiston haqida har kuni öylayman, yangiliklarni öqiyman, tez-tez kelib turaman, imkon qadar sohaga doir qimmatli maslahatlarni ayamayman. Özbekistonning eng katta boyligi bu – odamlar. Şuning uçun inson kapitaliga sarmoya, taʼlim va tibbiyotga eʼtibor juda muhim. Mamlakatimizda demografik holat va aholi ösişi yaxşi surʼatlarda ekanini, yoşlar soni köpligini inobatga olsak, bu masala qançalik muhimligini anglaymiz. Şu va boşqa mavzular böyiça taklif va fikrlarimni davlatimiz rahbari bilan 2023 yilning sentabr oyida AQŞning Nyu-York şahridagi uçraşuv davomida berişga sazovor böldim. Prezidentimiz ham taşabbuslarimizni qöllab-quvvatladilar. Bu samimiy ruhdagi uçraşuv davlatimiz rahbarining BMT Boş Assambleyasining 78-majlisida qatnaşiş uçun AQŞga kelganlarida bir guruh özbekistonliklar iştirokida taşkil etilgandi.
Özbekistonning har tomonlama muvaffaqiyatini, iqtisodiy barqarorligini, xalqimizning farovon turmuş tarzini köriş va qöldan kelgança bunga hissa qöşiş men uçun katta şaraf!


