Oʻzbekistonning yetakchi inflyuenserlari yangi avlodga tushunarli til va uslubda yoʻl koʻrsatmoqda. Haqiqiy fikr yetakchilari nafaqat auditoriyani oʻziga jalb etadi, balki muhim mavzularni koʻtarib chiqib, yechimlar taklif qiladi, namuna koʻrsatadi.
Siz roʻyxatda koʻradigan kreatorlar, tahririyatimiz talqiniga koʻra, turli yoʻnalishlar peshqadamlaridir.
Uzbekistan’s club jurnali tahririyati versiyasiga ko‘ra o‘zbekistonlik inflyuenserlarning top-7 taligi ro‘yxatidan quyidagi insonlar joy oldi:
• Jamshidxon Ziyoxonov
Ijtimoiy yo‘nalishdagi TOP inflyuenser sifatida tahririyatimiz aynan Jamshidxonni tanladi. Ham Instagram, ham Youtubeda faoliyat olib boradigan Jamshidxonning obunachilari soni yarim millionga yetadi. U jurnalimizda 1994-yilda Luk Beson tomonidan suratga olingan drama va triller janridagi “Leon” filmidagi bosh qahramon (Jan Reno) qiyofasida gavdalangan.
• Xusnora Shodiyeva
Instagramda 780 mingga yaqin obunachiga ega @khusnorik tahririyatimiz tomonidan sayohat yo‘nalishida eng yaxshisi deb topildi. "Tiffani bilan nonushta filmi" qahramoni nafaqat uning tashqi ko‘rinishi jihatdan, balki fe'l-atvori bo‘yicha ham mos tushgan.
• Shahzod Bahodirov
Biznes yo‘nalishida eng yaxshisi deb topilgan Shahzod “Thompson” brendi asoschisi hisoblanadi. Instagramdagi obunachilari soni 153 mingta. Unga munosib obraz sifatida Hogvarts maktabidagi eng tilga tushgan qahramon Garri Potterni tanladik.
• Nodira Abdurahmonova
Moda yoʻnalishidagi eng yaxshi inflyuenser deb Nodira Abdurahmonova topildi. U ijtimoiy tarmoqlarda @nadi_uz nomi ostida faoliyat yuritadi. Albatta, kino qahramonlari ichidan Miranda Preslidan ham mosroq obraz topib boʻlmasdi. Nodira “Prada kiygan iblis” (The Devil Wears Prada) filmi bosh qahramoni koʻrinishida jurnalimiz sahifalaridan oʻrin oldi.
• Sa'dulla Abdullayev
Texnika yo‘nalishidagi top iflyuenser Sa'dulla Abdullayev ijtimoiy tarmoqlarda @texnoplov nomi ostida faoliyat yuritadi. Texnoplov Instagram tarmog‘ida 262 mingdan ortiq obunchasiga texnika olamidagi yangiliklar va texnologiya sohasidagi bilimlarini ulashib keladi. U jurnalimizda 1991-yilda suratga olingan “Terminator” filmi bosh qahramoni obrazida tasvirlangan.
• Azam Qahramoniy
Ta’lim yo‘nalishidagi top inflyuenser, noodatiy o’qituvchi Azam Qahramoniy. U ijtimoiy tarmoqlarda @teacherazam nomi ostida faoliyat yuritadi. Teacher Azam Instagram tarmog‘idagi 501 mingdan ortiq obunchasiga ingliz tili va ta’lim sohasidagi bilimlarini ulashib keladi. U jurnalimizda Robert Jon Daunining 2011-yilda suratga olingan «Sherlok Holmes: Soyalar o‘yini» filmidagi qahramon Sherlok Holmes obrazida tasvirlangan.
• Mo‘tabar Xushvaqtova
Ekologiya yo‘nalishidagi top inflyuenser, ekofaol Mo‘tabar Xushvaqtova ijtimoiy tarmoqlarda @urikguli nomi ostida faoliyat yuritadi. O‘rik guli Instagram tarmog‘idagi 86 mingdan ortiq obunchasiga tabiatni asrash va ekologiya sohasidagi bilimlarini ulashib keladi. U jurnalimizda 2020-yilda Xitoy xalq afsonalari asosida suratga olingan “Mulan” filmidagi bosh qahramon obrazida tasvirlangan.


