Barcha loyihalarUzbekistan National Film Commission
UZBEKISTAN’S CLUB

Uzbekistan National Film Commission

Uzbekistan National Film Commission

Uzbekistan National Film Commission 2018-yilning yozida milliy kino sanoatini rivojlantirish to'g'risidagi Prezident farmoni asosida tashkil etilgan nodavlat notijorat tashkilot bo'lib, xorijiy prodakshn kompaniyalariga O'zbekistonda film suratga olishda ko'maklashish va o'zbek kinosini xorijda targ'ib qilish bilan shug'ullangan. Komissiya har yili Toshkentda "PROlogue" xalqaro kinofestivalini o'tkazib kelgan, O'zbekistonni Berlin, Gonkong, Los-Anjeles kabi shaharlardagi xalqaro kinobozorlarda taqdim etgan va Kann kinofestivalida O'zbekiston milliy pavilyonini tashkil qilgan. Uzbekistan's Club asoschilaridan biri Muhlisa Azizovaning so'zlariga ko'ra, aynan shu safarlar chog'ida xorijda yashovchi ko'plab o'zbekistonliklar bilan tanishuv keyinchalik Uzbekistan's Club g'oyasiga zamin bo'lgan.