
2024-yilning 26-sentabr kuni Toshkent shahrida “O‘zbekistonlik” IV xalqaro forumida bo‘lib o‘tdi. Forumning asosiy maqsadi — kreativ industriya orqali O‘zbekistonning ziyoli, iste’dodli va mehnatsevar xalq sifatidagi qiyofasini targ‘ib qilishdan iborat. Forumdagi eng muhim voqelik korporativ ijtimoiy mas’uliyat sohasidagi ilk “Oltin Chinor” Milliy mukofotini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Mukofot “Uzbekistan's Club” jurnali va “Progressiv islohotlar markazi” tomonidan biznes hamjamiyatini barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga rag‘batlantirish va maxsus ishlab chiqilgan metodologiyadan foydalangan holda eng yaxshi vakillarni aniqlash maqsadida ta’sis etilgan.