
2023-yilning 18-oktabr kuni London shahrida navbatdagi III xalqaro “O‘zbekistonlik” forumi tashkil etildi. Tadbir doirasida “Uzbekistanʼs club” deb nomlangan zamonaviy, rang-barang jurnal namoyishi hamda ko‘pchilik intiqib kutgan “O‘zbekistonlik” loyihasining to‘rtinchi filmi premerasi o‘tkazildi.
Forumning asosiy voqealaridan biri ayni nomdagi “O‘zbekistonlik” filmning 4-epizodi premerasi bo‘ldi. Yuz minglab tomoshabinlarning mehrini qozonib ulgurgan badiiy-hujjatli filmlar turkumi o‘z sohasida olamshumul natijalarga erishgan vatandoshlarimizning hayotiy hikoyalarini so‘zlab berishda davom etmoqda. Bu safargi epizod qahramonlari YeTTB direktori Kamola Mahmudova va Kembrij universiteti biologi, fan doktori Temur Yunusovlar bo‘ldi.
Bundan tashqari forum mehmonlari va ishtirokchilarga “O‘zbekistonlik” jurnalining birinchi soni ham taqdim etildi.