
Momom, onam va men
Onam kelin bölib tuşganida, özining aytişi böyiça, qişloqdagi “Eng erka kelin” bölgan emiş. Onam bu gapni otam bilan uruşib qolganida “hayotim xuddi gazetalarda yozilgan taqdirlar kabi böldi – barbod böldi”, deganida eslab qolardi. Bu gapni bekorga aytmasdi – hayotda özi istagan hamma narsa yoki heç narsa umuman istamaganiday bölib çiqqani uçun ham, xotiralari – hayotga eng işongan paytlarini eslab, ökinardi.