Uzbekistan’s Club – inson kapitalini Özbekistonning eng muhim boyligi sifatida tarannum etiş orqali keng jamoatçilikni katta natijalar sari intilişga çorlovçi xalqaro nodavlat notijorat taşkilot.
Uzbekistan’s Club maqsadi – intellektual, işbilarmon va yaratuvçan özbekistonliklarning – xoh ular mamlakat Içida bölsin, xoh xorijiy mamlakatlarda – qiyofasi, vatan taraqqiyotiga daxldor fikr va takliflari, şaxsiy hamda professional rivojlaniş yöllarini yoritib boriş.
Bunda biz media loyihalar, yuqori saviyali anjuman va forumlar hamda şu kabi kreativ yondaşuvlarga murojaat qilamiz. Biz özbekistonliklarning katta işlarga qodirligiga, ular erişgan yutuqlar munosib ravişda körsatib berilişi zarurligiga qattiq işonamiz.
Uzbekistan’s Club XNNT mamlakatda inson kapitalini rivojlantiriş, dunyo miqyosida Özbekistonni isteʼdodlar mamlakati sifatida tarğib etişga qaratilgan sayi-harakatlarni qöllab-quvvatlaydi. Davlat organlari, ijtimoiy masʼuliyatli kompaniya va taşkilotlar hamda fikr yetakçilarining mazkur yönalişdagi loyihalarini “Uzbekistan. Land of Talents” mamlakat imiji ğoyasi atrofida birlaştiradi.
“Yangi Özbekiston bunyodkorlari” milliy tanlov taqdirlaş marosimi
1 / 10
Toşkentdagi “Humo Arena” majmuasida mamlakatimizda ilk bor ötkazilgan Prezident sovrini uçun “Yangi Özbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovi ğoliblarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi. Tanlov 16 yoşdan 30 yoşgaça bölgan yoşlar örtasida 10 ta kasb yönalişi böyiça taşkil etildi. Uning tuman va şahar bosqiçlarida 124 mingdan ortiq yigit-qiz iştirok etdi, yakunda 120 nafar iştirokçi ğolib va sovrindor deb topildi. Tanlov doirasida qariyb 22 ming nafar yoşga işlaş, taʼlim oliş yoki mehnat bozorida öz örnini topiş imkoniyati yaratildi. Marosimda Prezident Şavkat Mirziyoyevning tanlov ğoliblariga tabrigi öqib eşittirildi.
02
2026
Yoşlar kuni. Prezidentning yoşlar bilan uçraşuvi
1 / 6
Prezident Şavkat Mirziyoyev 30-iyun – Yoşlar kuni munosabati bilan yoşlar bilan uçraşuv ötkazdi. Şu kuni davlat rahbari Olimpiya şaharçasida taşkil etilgan maxsus körgazmada faol va izlanuvçan yoşlarning mahalla hayoti, ekologiya, startaplar, muhandislik va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirişga oid loyihalari bilan tanişib, ularning taşabbuskorlari bilan şaxsan muloqot qildi. Uçraşuv oçiq muloqot şaklida ötib, yigit-qizlar öz taklif va taşabbuslarini bildirişdi. Davlatimiz rahbari yoşlarni katta marralar sari dadil intilişga, bilim, kasb va zamonaviy texnologiyalarni puxta egallaşga daʼvat etdi.
03
2026
Kann kinofestivali Marçe du Filmʼda Özbekiston Milliy pavilyoni
1 / 5
79-Kann xalqaro kinofestivali doirasidagi Marçé du Film kinobozorida Özbekiston milliy pavilyoni törtinçi marta taqdim etildi. Pavilyonda ötkazilgan Film in Uzbekistan promo-kampaniyasi doirasida xorijiy prodyuserlarga mamlakatda suratga oliş xarajatlarining 25 foizigaça qismini qoplovçi ribeyt dasturi hamda Country Placement mexanizmi taniştirildi. Milliy pavilyonga Yevropa, AQŞ, Kanada, Avstraliya va Osiyo mamlakatlaridan 100 dan ortiq prodakşn va distribyutorlik kompaniyalari vakillari taşrif buyurdi. Fransiya, Italiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Yaponiya va boşqa mamlakatlar kinoijodkorlari Özbekistonda filmlar, reklama roliklari va televizion loyihalar suratga olişga qiziqiş bildirdi.
04
Bizning jamoa
Oybek Abduşukurov
Boş prodyuser
15 yildan ortiq tajribaga ega mediaprodyuser, global miqyosda eʼtirof etilgan Uzbekistan’s Club hamda “Özbekistonlik” loyihalarining boş prodyuseri, Özbekiston Milliy kinokomissiyasi hammuassisi.
Muhlisa Azizova
Kreativ direktor
Rejissyor, kinoprodyuser, Uzbekistan’s Club kreativ direktori, Özbekiston Milliy kinokomissiyasi rahbari sifatida Özbekistonga xalqaro kino-lokatsiyalar hamda xorijiy kinostudiyalarni jalb qilişda katta hissa qöşib kelmoqda. Uzbekistan’s Club jamoasining asosiy ijodiy lokomotivi.
Rustam Meliyev
Rejissyor, ssenariynavis
Rejissyor, ssenariynavis, post-prodakşn mutaxassisi, art-direktor. U “Ofitser 55” seriali hamda “Maqsad” badiiy filmi rejissyori va ssenariy muallifidir. Vizual storytelling, kinematografik montaj hamda yuqori dinamikadagi video va media-kontentlarni tayyorlaş böyiça jamoaning asosiy kreatori.
Abror Ismoilov
Jamoatçilik bilan aloqalar böyiça strategik konsultant va mediastrateg
Media va kommunikatsiyalar sohasida 15 yildan oşiq tajribaga ega ekspert, Uzbekistan’s Club jamoasining jamoatçilik bilan aloqalar böyiça strategik konsultanti va mediastrategi.
Saidaziz Azamov
Boş muharrir
Media va kontent loyihalar bilan işlaş böyiça köp yillik tajribaga ega mutaxassis. Uzbekistan’s Club jamoasida strategik kommunikatsiyalar, steykxolderlar bilan aloqalar, pozitsiyalaş böyiça ekspert. Uzbekistan’s Club jurnali hamda media platformasi boş muharriri.
Asqar Toğayev
Ijroçi prodyuser
Uzbekistan’s Club jamoasining mahoratli ijroçi prodyuseri, barça kreativ loyihalarda sahna ortidagi ilojsiz tuyulgan vazifalarni uddalovçi professional menejer.
Oxunjon Ubaydullayev
Video prodakşn
Uzbekistan’s Club video prodakşn loyihalari ortidagi yuqori isteʼdodli professional, loyihalarda tasvir, ovoz, ğoya hamda şular atrofidagi masalalarda yuqori saviya va did bilan öz hissasini qöşuvçi ijodkor.
Tina Imamjan
Jurnal boş ijroçi direktori
Bosma naşrlar va hamkorliklar böyiça köp yillik tajribaga ega yuqori malakali mutaxassis. Uzbekistan’s Club jurnali boş ijroçi direktori.
Şohista Abdullayeva
Media va kreativ loyihalarni boşqariş böyiça mutaxassis
Media va kreativ loyihalarni boşqariş böyiça mutaxassis. Konseptual fikrlay olişi, har qanday kreativ loyihada sifatni taʼminlaşda uçraydigan tabiiy stressli vaziyatlarda işlay oladigan va muammolarga yeçim topuvçi istiqbolli mutaxassis.
Laziza Haydarova
Jamoatçilik bilan aloqalar va marketing mutaxassisi
Jamoatçilik bilan aloqalar va marketing mutaxassisi. U Özbekiston Milliy kinokomissiyasi xalqaro bölimini yuritadi. Xalqaro media-kampaniyalar va loyihalarning ommaviy imijini şakllantiriş böyiça ekspert.
Fazliddin Anvarov
Loyihalarning kreativ yaxlitligiga masʼul ekspert
Uzbekistan’s Club loyihalarining kreativ yaxlitligi hamda jozibadorligiga masʼul ekspert. Uning musiqa, performens sanʼati, moda va prodakşn yönalişlarida töplangan tajribasi yuqori sifat va saviyali loyihalar yaralişiga xizmat qiladi.
Azizjon Mirzakarimov
Raqamli media va inflyuenserlar bilan işlaş böyiça mutaxassis
Raqamli media va inflyuenserlar bilan işlaş böyiça mutaxassis. Uzbekistan’s Club jamoasiga qöşilişdan avval u kino, televideniye, tadbirlarni taşkil etiş hamda ijtimoiy media loyihalarni yuritiş böyiça işlagan.
Michael Yoso
Fotografiya va grafik dizayn böyiça mutaxassis
Fotografiya va grafik dizayn böyiça tajribali mutaxassis. Uning Özbekiston böylab turli loyihalarda töplagan tajriba va netvorkingi Uzbekistan’s Club jamoasiga fotografik kontentlar yaratiş, vizual reportajlar tayyorlaşda asqotadi.