01
2026
“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” milliy tanlov taqdirlash marosimi



Toshkentdagi "Humo Arena" majmuasida mamlakatimizda ilk bor o'tkazilgan Prezident sovrini uchun "Yangi O'zbekiston bunyodkorlari" kasbiy mahorat milliy tanlovi g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Tanlov 16 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasida 10 ta kasb yo'nalishi bo'yicha tashkil etildi. Uning tuman va shahar bosqichlarida 124 mingdan ortiq yigit-qiz ishtirok etdi, yakunda 120 nafar ishtirokchi g'olib va sovrindor deb topildi. Tanlov doirasida qariyb 22 ming nafar yoshga ishlash, ta'lim olish yoki mehnat bozorida o'z o'rnini topish imkoniyati yaratildi. Marosimda Prezident Shavkat Mirziyoyevning tanlov g'oliblariga tabrigi o'qib eshittirildi.