2023-yilning 22-fevral kuni “O‘zbekistonlik” filmining uchinchi mavsumi treyleri namoyish etildi.
Uchinchi epizodning birinchi qahramoni Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan va hozirda neft va gaz sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan yirik Shell kompaniyasida IT-arxitektor lavozimida ishlayotgan Madina Berdiyeva.
Ikkinchi qahramon esa dunyoga o‘zining dirijyorlik iste'dodi bilan mashhur bo‘lgan, toshkentlik Aziz Shohakimov. Ularning mavzusi bu – astoydil mehnat va har qanday to‘siqlarni yengib o‘tish ortidan kelgan muvaffaqiyat haqidagi hikoyadir.
Uchinchi mavsum premyerasi yaqin kunlar – shu bahorda bo'lishi kutilmoqda.


