Bu mukofot eng yaxshi asarlar mualliflariga topshiriladi.

Rixsiboy Tursunov “Be the Change in the Hospitality Industry” kitobi uchun nufuzli mukofotga sazovor bo‘ldi. Kitob Amazonda bestsellerga aylandi. Muallif hashamatli mehmonxona sanoatidagi 25 yillik tajribasidan olingan hayotiy layfhaklar bilan o‘rtoqlashgan.


Rixsiboy hozirda Dubay Marina yaqinidagi ko‘p qavatli binoda joylashgan besh yulduzli hashamatli Crowne Plaza Dubai Marina mehmonxonasida yuqori boshqaruv lavozimlaridan biri - Bosh operatsion direktor lavozimida ishlab kelyapti.

Muallifning maslahat va tavsiyalari HORECA yo‘nalishida ishlayotganlar uchun foydali bo‘lishi mumkin. Ular kundalik jarayonlarga hissiy intellektni joriy etish orqali o‘z faoliyat sohalarini yaxshilay oladigan ish qidirayotgan, ishga qabul qiluvchi va rahbarlarga tegishli. Umuman olganda, bu  ishlash madaniyatini o‘zgartirishga va insonlar orasida ishonchli munosabatlarni o‘rnatishga yordam beradi.

"Hissiy aql, hamdardlik va tushunish uning yetakchilik qobiliyatining uchta asosiy ustunidir. Yillar davomida Rixsiboyning muloqot qobiliyatlari va do‘stona tabiati bir nechta jamoalarni birlashtirib, hamma uchun samimiy,  ochiq va ishonchli ish muhitini yaratdi", deyiladi tabrik postida.