Amerika mavsumi doirasidagi Uzbekistan's club jilokor jurnalining ikkinchi soni tez orada taqdim qilinadi!
Ikkinchi sonning eng uzoq kutilgan intervyulari, jumladan:
• O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Furqat Sidiqov
• AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Henik
• O‘zbekiston mahallalari uyushmasi rahbari Qahramon Quranboyev
• O‘zbekiston Bolalar ombudsmanı Surayyo Rahmonova
• Jahon sporti afsonasi Oksana Chusovitina
• Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxoʻja
• Xonanda Lola Yuldasheva
• Jamoatchilik faoli Hikmat Abdurahmonov
• Iqtisodchi bloger Otabek Bakirov
Jurnalning ikkinchi soni go‘zallikka bag‘ishlangan: ayollar va san'at.
Yangi sonda aqlbovar qilmas yangilikka qo‘l urdik — O‘rta asrlar Uyg‘onish davri va yaqin o‘tmishdagi Yevropaning eng yuksak san’at asarlari Uzbekistan’s club kreativ talqinida taqdim etiladi.
Unda yulduzlarimiz va AQShda yashovchi muvaffaqiyatga erishgan o‘zbekistonliklar mashhur obrazlar qiyofasida o‘zlarini sinab ko‘rishgan.
Jurnalning rasmiy taqdimoti shu yilning yozida bo‘lib o‘tadi
Voqea · 22-aprel, 2024
Ikkinchi son: ayollar, inson kapitali va san’at
Uzbekistan’s club jamoasi o‘zining yana bir yirik loyihasi Uzbekistan’s club jilokor jurnalining ikkinchi sonini tez orada taqdim qiladi. Zamonaviy va o‘ziga xos uslubga ega ushbu jurnal o‘z an’analariga sodiq qolgan holda yangi trendlarni yaratishni maqsad qilgan.


