
“O‘zbekistonlik.Students” dunyoning nufuzli universitetlarida ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik talabalarga bag‘ishlangan turkum.
Tomosha qilish“O‘zbekistonlik.Students” dunyoning nufuzli universitetlarida ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik talabalarga bag‘ishlangan turkum.
Loyiha “O‘zbekistonlik” hujjatli filmlaridan rivojlangan. Unda Oxford, Cambridge, Bristol va boshqa universitetlarda o‘qiyotgan yoshlarning yo‘li, tanlovlari va shaxsiy tajribasi yoritiladi.
Talabalar o‘z hikoyalarini aytib, xalqaro ta’lim muhitini ichkaridan ko‘rsatadi. Arxivdagi sonlarni shu sahifada tanlab tomosha qilishingiz mumkin.
O‘zbekitonlik Students loyihasi doirasida Buyuk Britaniya hamda AQSH’da tahsil olayotgan talabalar bilan suhbatlar suratga olingan. Filmning 1-sonida 4-qism suratga olingan. Tomoshabinlar Oksford universiteti talabasi Mushtariy Madrahimova, East London universiteti talabasi Аzizbek Аhmadjonov, London Brunel universiteti talabasi G‘ayrat Yusupov, Reading universiteti talabasi Yulduz G‘aniyeva, Bristol universiteti talabasi Azima Toirova, Anglia Ruskin Universite talabasi Nodirbek Qahramonov, London Northumbria University va Anglia Ruskin University talabalari Olimjon G'ulomov va Shahrizoda Normuhammadiylarning hikoyalarini tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
O‘zbekistonlik Students AQSH’da tahsil olayotgan talabalar hayotini yoritish uchun ham turkum filmlar suratga olgan. Bu safargi epizod qahramonlari George Washington University talabasi Amira Asqarova va California State University talabasi Javohir Shermuhammatovlar bo‘ldi.