Garvard biznes-maktabi magistri
Dilshoda Ergasheva
Dilshoda Ergasheva Toshkentda tavallud topgan. Bolaligidan fransuz, ingliz va rus tillarini oʻrgangan. Maktabni Boston (AQSh)da tugallagan, so‘ng Garvard universitetiga oʻqishga qabul qilingan. Keyinchalik “Wall Street”dan ish topgan. Shuningdek, Garvard biznes-maktabida MBA-magistr darajasi boʻyicha tahsil olgan. Bugungi kunda Bostondagi Vellington menejmentida ishlaydi, San-Fransiskoda yashaydi.
