Bastakor, Berlin Senati va Brandenburg Madaniyat vazirligi mukofotlari sohibasi

Aziza Sodiqova

Aziza Sodiqova Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston davlat konservatoriyasini tamomlagan. Ta’limni davom ettirish maqsadida Buyuk Britaniyaga ketgan. Birmingem Qirollik konservatoriyasi, Londondagi “Trinity Laban” musiqa va raqs konservatoriyasida tahsil olgan. Berlin Senati, Brandenburg Madaniyat vazirligi mukofotlari sohibasi. U muvaffaqiyatli bastakor bo‘lib yetishdi, Yevropaning eng oldi konsert zallari va festivallarida ijro etiladigan opera va orkestr asarlarini yaratdi.

Aziza Sodiqova