Strasburg filarmonik orkestri musiqiy rahbari

Aziz Shohakimov

Aziz Shohakimov Toshkentda tavallud topgan. 13 yoshida ilk marotaba dirijyorlik pultini boshqargan. V.A. Uspenskiy nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik liseyini tamomlagan. O‘zbekiston milliy simfonik orkestrida dirijyor assistenti, bosh dirijyor, Reyndagi nemis operasi kapelmeysteri bo‘lgan. Shuningdek, Tekfen filarmonik orkestri (Turkiya) musiqiy rahbari va Juzeppe Verdi nomidagi Milan simfonik orkestri musiqiy rahbari sifatida faoliyat yuritgan. 2021-yildan buyon Strasburg filarmonik orkestri musiqiy rahbari.

Aziz Shohakimov