GulfCA korporatsiyasi asoschisi va prezidenti

Alisher Djumanov

Alisher Jumanov biznes maslahatlar berish, investitsion bankchilik, venchur kapitalizm, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hamda aktivlarni boshqarish sohasida 25 yildan ortiq xalqaro tajribaga ega. Oksford Universiteti MBA dasturi hamda Kolumbiya Universiteti bitiruvchisi bo‘lgan biznesmen dunyoning eng yirik pul mablag‘larini boshqarish kompaniyalari hamda "Katta to‘rtlik"da ishlagan. Keyinchalik u dunyoning 22 mamlakati, xususan, Argentina, Mo‘g‘uliston, Mozambik va Myanmada investitsion bizneslar tashkil qilgan. Hozirda u Ko‘rfaz arab mamlakatlaridagi mablag‘larni sarmoya qilish bo‘yicha global investitsion maslahatlar kompaniyasini yuritmoqda.

Alisher Djumanov