Материал показан на доступном языке перевода. (UZ)

Şu muhim savollar bilan mahoratli yoş kinorejissyor va postanovkaçi operator, öz portfoliosini “Maqsad”, “Ofitser 55” kabi ijod namunalari, şuningdek, “Los Angeles Documentary Films” festivalida sovrindor deb topilgan “Salty Lives” loyihasi bilan boyitgan Rustam Meliev hamda Özbekistonda xizmat körsatgan artist, qoyilmaqom ijro etilgan rollari bilan bir neça avlod kinoixlosmandlar mehrini qozongan, isteʼdodli va taniqli aktrisa Raʼno Şodiyevaga yuzlandik.

Чёрно-белое фото: Рустам Мелиев в чёрном костюме смотрит вниз
Раъно Шодиева в белой блузке и жемчуге, руки сцеплены на столе

Rustam Meliev:

Рустам Мелиев сидит за чёрным столом, подперев подбородок руками

Kino şu darajada şiddat va tezlik bilan rivojlanyaptiki, öz joyingizda qolib ketiş uçun ham bor kuçingiz bilan yugurişingiz kerak bölyapti. Ham janr va mavzular, ham dramaturgiya, ham zamonaviy texnologiyalar yaratayotgan imkoniyat va xavflar nuqtayi nazardan bu soha ildamlaganda ildamlayapti. Bu esa ijodkorlarga köp izlaniş, yangiliklardan voqif bölib turiş talabini qöyadi.

Dramaturgiya: çiziqli emas, aylana struktura

Zumerlar har kuni soatlab turli syujetlar bilan tanişadi. Ha, ular kitob öqimasligi mumkin, lekin sevimli blogerlarining jonli efirdagi hikoyalari, “vayn”lar, diqqatni tortadigan dialog va biror katta mavzu, turli allyuziyalar, dinamik montaj hamda effektlar orqali bir daqiqa içida oçib berilişi – ularning kundalik media oziği.

Şunday ekan, tabiiy ravişda, ularning syujetga, voqealar rivoji va ularning oçib berilişiga bölgan talabi oşib boraveradi. Zumerlarni hayratga solib, ekran qarşisida uşlab turiş uçun ijodkorlar standart fikrlaşdan qutulişi, zamonaviy yondaşuvlardan foydalanişi kerak.

Agar klassik kino uçun qöllaniladigan dramaturgiyani eng zamonaviy kinodan izlasangiz, hafsalangiz pir bölişi tayin. Den Harmon kabi ssenariynavislar filmlarda voqealar hikoya qilinarkan, A nuqtadan B nuqtaga kardiogrammaga öxşaş çiziqlarda emas, “syujet aylanasi” böylab soat millari yönalişida rivojlanişini tuşuntiradi. Bunday metod 2010-yillardagina işlab çiqilib, ssenariy ustalari tomonidan işlatilmoqda.

Sunʼiy ong neʼmatmi yoki qarğiş?

Har qanday texnologiya paydo bölganida undan xavfsiraydigan, qarşi çiqadigan qatlam böladi. Toki insoniyat öşa yangilikka moslaşib, u bilan ratsional va oqilona muomala qilişni örgangunigaça.

Sunʼiy ong nafaqat post-prodakşnning turli bosqiçlari, maxsus effektlar, grafika, ranglarni töğrilaş yoki kerakli kadrlarni tanlaş jarayonida yordamga keladi, balki uning yordamida obrazlar va lokatsiyalarni noldan yaratiş mumkin.

Kino sanoati uçun eng katta xavf bu sunʼiy ong yaratgan film bölişi mumkin. Tasavvur qiling, neyrotarmoq bir qahramonni yaratadi, u inson qiyofasida böladi va körinişi, tipaji jihatidan ideal aktyor. Grimçi va kostyumerlarni endi qöya turing, aktyor va ularga vazifa beruvçi rejissyorning keragi bölmay qoladi-ku.

Gollivuddagi iş taşlaşlar

2023-yil iyul oyidan boşlab Los Anjeles şahrida kinoijodkorlar özlarini birlaştirgan AQŞdagi eng yirik aktyorlar gildiyasi SAG-AFTRA nomidan iş taşlaş aksiyalarini ötkazmoqda. “Oppengeymer” filmining Londondagi premyerasida aktyorlar tarkibi qizil gilam tadbirlaridan söng teatrni tark etib, uşbu namoyişlarga birdamlik izhor qildi. Bu – navbatdagi kasaba uyuşmalari harakati, gonorar va oylik daromadlarni kötarişni söraş uçun norozilik bildiriş emas.

Kinoijodkorlar striming xizmatlari uçun yaratilgan film va seriallardagi hissalari uçun bir martalik tölov emas, balki öşa ijod mahsullari toki tomoşabinlar isteʼmolida ekan, millionlab marotaba körilayotgan ekan, ulardan foiz hisobida haq olib turişni xohlaşyapti.

Ikkinçidan, ijodkorlarning mehnat huquqlari poymol qilinişidagi muhim masalalardan biri – sunʼiy ong yordamida yaratilgan obrazlarning mualliflik huquqi uçun gonorarlar tölanmasligi.

Eʼtibor uçun kuraş

50 yil avval kinofilm boşqa kartinalar, teatrsevar aholi yaşaydigan şaharlarda, boring ana, spektakllar bilan raqobatga kirişardi. Bugun esa har bir kinoasar turli videomahsulotlar, öyin-kulgu, köngil oçiş maşğulotlari, şoular, yangi voqea va texnologik syurprizlar bilan mard-u maydonga çiqişi zarur.

Bu nima degani? Marketing kommunikatsiyalari, muxlislarni qiziqtiriş va kinoni sotiş yuqori darajada bölişi kerak degani.

“Barbi” filmini Google qidiruvga berib kördingizmi? Göyo Barbilendga tuşib qolgandek bölasiz. Umuman, bir neçta avlod vakillari sevib öynagan şu qöğirçoq haqida kino oliş, yana unda bugungi jamiyatning eng dolzarb mavzularini olib çiqişning özi ajoyib marketing yuriş emasmi?

“Z” avlod nima bilan yaşayapti, uni nima qiziqtiradi, eʼtiborini nima jalb qiladi? Şunday savollarga kuçli marketolog va kommunikatorlar doim javob izlayapti. Menimça, bunday paytda kino bir sanʼat sifatida ezgulik, masʼuliyat va mehribonlik tuyğularini tarğib qila olişi, yangi trendlar örnatişi bağoyat katta qobiliyat va mehnatni taqozo etadi.

Bugun kinoijodkorlar uçun muxlis eʼtiborini qozoniş har qaçongidan qiyin

Raʼno Şodiyeva:

Раъно Шодиева в длинном белом платье сидит на стуле у чёрного стола

Kinoning rivojlanişi, evolyutsiyasini tuşuniş uçun uşbu sanʼat turini muxlislar dunyoqaraşi, ularning ehtiyoj va qiziqişlari bilan hamohang ravişda tahlil qiliş zarur. Sababi, oxir-oqibat kino kim uçun yaratiladi? Tomoşabin uçun. Bir tomondan, kino doimo ekran qarşisidagi isteʼmolçining talabidan kelib çiqadi. Boşqa tomondan, kerak bölsa, u mutlaqo yangi trendlarni örnatib, kinoixlosmandlarning didini, tafakkur tarzini tarbiya qiladi, yangi ğoyalarni maydonga olib çiqadi.

Har avlodning öz hikoyasi, har zamonning öz qahramoni bor

Zamonaviy tarixda yaşagan sayyoradoşlarimiz yöqotilgan avlod (1883-1900), buyuk avlod (1901-1927), indamas avlod (1927-1940), bebi bumerlar (1945-1962) hamda bir-biridan örtaça 16 yil tafovut bilan yaşagan “X”, “Y”, “Z” avlodlariga bölinadi. Sotsiolog tadqiqotçilar 2010-yillarning boşida tuğilganlarni, lotin alifbosidagi harflar tugagani uçunmikan, yunon alifbosi böyiça alfa avlod deb nomlamoqda. Buni qarangki, kino tarixi ham aynan XIX asrning oxiriga dunyo aholisi şunday avlodlarga ajratila boşlagan davrga töğri keladi.

Tabiiyki, avlodlar, zamonlar boşqa-boşqa bölgani kabi, fransiyalik aka-uka Lumyerlar birinçilardan bölib yaratgan kinolentalar va bugungi filmlar hamda ikkovining orasidagi kino bir-biridan farq qiladi.

Keling, kino özining rivojlaniş çöqqisi sari dadil qadamlar taşlagan va bizning ota-onamiz, buvi-bobolarimiz körgan filmlar davridan bugungi tendensiyalargaça tarixiy ekskurs uyuştiramiz. Yuzlab mavzu va janrlar, yondaşuvlarni öz içiga olgan murakkab davrni eng köp körilgan film hamda eng köp sevilgan qahramonlar prizmasidan körib çiqaylik.

Media tahlilçilarga köra, 60-yillardagi filmlarda bir qahramon ölsa, bu fojia hisoblangan. Unda halok bölgan inson qahramon, qotil tomon esa aşaddiy antagonist sifatida talqin qilingan. Hatto qurolli töqnaşuvlar va janjallarga boy vestern janridagi “Yaxşi, yomon va tasqara” (The Good, the Bad, and the Ugly) va “Kunlardan bir kun ğarbda” (Once Upon a Time in the West) filmlarida ham, nomi qatlga işora qiluvçi “Maynani öldiriş” (To Kill a Mockingbird) kartinasida ham kadrda uçtadan köp qahramon qurbon bölmaydi. Eslatib ötamiz, Sovet kinoçiligi esa bu davrda asosan komediyalar, multfilmlar, tarixiy va romantik janrlarga murojaat qilgan: “Kavkaz asirasi”, “Ы” operatsiyasi hamda “Uç plyus ikki” aynan şu yillarda ekranga çiqqan.

80-yillar oxiridan boşlab Arnold Şvartsenegger va Jan Klod van Damm ijrosidagi önlab qahramonlar bir emas, bir neçta qotilliklarga qöl ursa-da, ular anti-qahramon emas, protagonist, ijobiy obraz sifatida namoyon böladi.

2000-yillardan boşlangan tendensiyaga köra, tomoşabin uçun eng qiziqarli qahramonlar – bu “Örgimçak odam”, “Temir odam”, “Kapitan Amerika”dan tortib “Avatar”gaça bölgan xayoliy bahodir-u xaloskorlar. Bu yillarni superqobiliyat, ilmiy fantastika, kiborg va robotlar davri deb qayd etiş mumkin. Ehtimol, uşbu maqolani öqiyotgan köplab insonlar şu filmlarni körib ulğaygan “Y” avlod vakillaridir.

Hozirgi yoş tomoşabin uçun inflyuenserlar kabi real qahramonlar kerak

Real va reallikka yaqin qahramonlar

Xöş, navbatdagi avlod – yangi milleniallar, post-milleniallar, Z avlod, “raqamli dunyo ahli” (digital natives), zumerlar kabi nomlarni olgan bugungi yoşlar, 2023-yilda, masalan, universitetga borayotgan yoki endi maktabni bitirgan qatlam uçun qanday qahramonlar qiziq?

Inflyuenserlar! Bugun dunyo böylab axborot nihoyatda köp. Ijtimoiy tarmoqlar orqali gözallik, kuç-qudrat, muvaffaqiyat kabi tuşunçalar ideallaştirilgan, Instagram tasmasini közdan keçirarkansiz, hamma baxtli, kelişgan, oşiği olçi va töğri yaşayapti göyo. Bu millionlagan yoşlarda özidan qoniqmaslik, noqislik kompleksini keltirib çiqarişi mumkin. Bunday paytda ularga ğoyaviy yetakçilar, taqlid uçun namuna böladigan maşhurlar kerak.

Buni qarangki, bu ehtiyoj, nafaqat hayotda bor, balki kino olamiga ham köçgan. Bugun eng qiziq janrlardan biri – bu real voqealarga asoslangan filmlar. Keyingilari esa internetdagi eng muhim mavzularga murojaat qiluvçi realizm janridagi mahsulotlar, realiti şou va hujjatli filmlar. Eng maşhur qahramonlar – bu 1968-yilgi “Çikago 7” sudi qatnaşçilari, Kim Çen Inga suiqasd qilgan ayollar, koronavirus tarqalganida Amerikaga qaytgan qozoğistonlik Borat va albatta real tarixiy şaxs Oppengeymer.

Striming xizmatlari bilan raqobatlaşayotgan kinoteatrlar

Pandemiyadan avvalgi dunyoda yuzlab filmlarning keyinçalik kinoepopeyalarga, sikvel va prikvellari bor seriallar, televizion şoularga aylanganini kuzatganmiz. Tahlilçilar bundan buyoğiga seriallar avval işlanib, keyin filmlarga aylanişini başorat qilişmoqda. Umuman, seriallar kino yoki, deylik, katta ekran bilan raqobatining avjiga çiqqan davr – ayni bugun.

Köngil yoziş uçun maşğulotlar nisbatan kamroq bölgan davrda kinoteatrlar sevişganlar uçraşuvga çiqişi uçun eng munosib maskanlar edi. Birgalikda biror hikoya içiga şönğiş, yonma-yon ötirib voqealar rivoji va obrazlar şakllanişini kuzatiş, popkornxörlik, film haqidagi taassurotlar haqida suhbatlaşiş. Bularning bari bir neçta avlod uçun ideal romantik xordiq edi.

Köngiloçar maşğulotlarning xilma-xilligi, boşqa tomondan esa “xonaki” kinoteatrlar, katta-katta teleekranlar, şuningdek, COVID-19 paytida karrasiga rağbatlantirilgan, “uyda qoliş” odatlari uçraşuv madaniyatining kinosanʼati va sanoati bilan boğliq qismiga zarba berdi.

Ha, albatta, Netflix, HBO, Disney+, Amazon Prime, Hulu kabi video striming xizmatlari hamda Youtube televideniyeni ham öyindan çiqardi, ommaviy kinonamoyişlarga ham yangiça tus va şakl berdi.