Материал показан на доступном языке перевода. (UZ)
Insoniyat törtinçi texnik inqilob ostonasida turibdi, u mehnat bozorini tubdan özgartiradi, köplab kasblar şunçaki yöq bölib ketadi yoki ularga talab keskin tuşadi.
Biz buni Özbekiston misolida körişimiz mumkin, keyingi yillarda elektron savdo jadal rivojlanişi natijasida internet-magazinlar anʼanaviy sotuvçilar sonini qisqartirmoqda. Qulay va tezkor mobil ilovalar bilan taʼminlangan banklar katta ştatni taşkil etadigan tadbirkorlar, jurnalist va kopirayterlar, dizayner, tarjimon hamda marketologlarning örniga sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan foydalanişyapti.

Bu transformatsiyadan xomaşyo yoki moliyaviy resurslarni jalb etadigan davlatlar emas, balki inson kapitalining takomillaşuvini ustuvor maqsad qilib qöygan mamlakatlar foyda körişi mumkin.
Inson kapitali (IK) odamlar mablağ kiritadigan va butun hayoti davomida töplaydigan bilim, könikma va salomatlikdir. Bu esa ularga jamiyatning foydali aʼzolari sifatida öz potensialini işga soliş, pirovardida mamlakat taraqqiyotiga hissa qöşiş imkonini beradi.
Özbekiston iş kuçiga boy, biroq ularni inson kapitaliga aylantirişda qiyinçiliklarga duç keladi. BMT Taraqqiyot dasturining Inson rivojlanişi indeksi (IRI) böyiça mamlakatlar röyxatida (2022-yil sentyabr) Özbekiston 191 mamlakat orasida Iordaniya va Liviya bilan bir qatorda 101-örinni egalladi. Bizning davlat yuqori IRIga ega toifaga kirdi, biroq şu bilan birga uning körsatkiçi Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uçun örtadan pastdir.
IKni rivojlantirişga oziq-ovqat, tibbiy yordam sifatini oşiriş, sifatli taʼlim bilan taʼminlaş, iş örinlari yaratiş va kasbiy bilimlarga tayyorlaş yordamida erişiş mumkin. Taraqqiy etgan davlatlar tajribasi inson kapitalining ösiş darajasi va ijtimoiy-iqtisodiy farovonlik darajasi örtasidagi boğliqlikni tasdiqlaydi.
Mavzu doirasining kengligini hisobga olgan holda taʼlim sohasiga töxtalmoqçiman. Mamlakatda bilimli odamlar qança köp bölsa, IK sifati, mehnat unumdorligi, innovatsiyalar darajasi şunça yuqori böladi, qaşşoqlik, işsizlik va jinoyatçilikka qarşi kuraş ham samarali böladi. Bu rivojlangan mamlakatlar va turli tadqiqotlar bilan isbotlangan.
Maktab taʼlimi inson kapitalini şakllantirişning muhim bosqiçidir. Boşlanğiç taʼlimga qilingan sarf-xarajatlar rivojlanayotgan mamlakatlarda uzoq muddatli istiqbolda YaIM ösişiga ijobiy taʼsir körsatadi.

Özbekiston davlat statistika qömitasi maʼlumotlariga muvofiq, 2016-yildan 2022-yilgaça maktablarda öquvçilar soni 33,9 foizga, aniqroği 4,82 milliondan 6,46 million kişiga köpaygan. Bu davrda öqituvçilar 35,3 foizga – 400 mingdan 541 mingga oşdi. Agar yetti yil avval bir öqituvçiga 12,06 öquvçi töğri kelgan bölsa, hozir bu körsatkiç 11,93 ni taşkil etyapti. Biroq baribir 2010-yilga nisbatan yomonroq, öşa yili bir öqituvçiga 10,9 öquvçi töğri kelar edi.
Tabiiy resurslar emas, inson kapitali ertangi Özbekiston uçun birinçi raqamli boylikdir
Rasmiy maʼlumotlarga köra, 2021-yilning boşida öquvçilar soni maktablarning loyiha quvvatidan 1,2 mln kişiga oşdi, buning natijasida sinflar tölib-toşdi, öquvçilar esa ikki smenada (maktablarning 75 foizga yaqini) öqişga majbur bölişdi. Agar şu tarzda davom etsa, bu farq 2025-yilga borib 2 millionga yetişi mumkin.
2016-2022 yillar davomida maktablar soni jami 803 taga, yaʼni 9719 tadan 10522 taga oşdi. Biroq bu ösişning bir qismigina yangi maktablar qurilişiga töğri keladi. 11 yillik taʼlimga ötilgandan keyin 400 ga yaqin kasb-hunar kollejlarining binolari maktablarga qaytarildi.
Öquv muassasalarining siğimini 1,2 mln kişiga kengaytiriş uçun şartli ravişda har biri 1200 örinlik 1000 ta maktab barpo etiş zarur. Agar yiliga 40 tadan maktab quriladigan bölsa, muammoni hal etiş uçun 25 yil talab etiladi (öquvçilar soni özgarmasa, lekin bu körsatkiç har yili ösmoqda). Ayni vaqtda, dastlabki hisob-kitoblarga köra, 2022/2023-öquv yili yakunlari böyiça öquvçilar va maktablarning loyiha quvvati örtasidagi farq 1,23 mln kişiga yetişi mumkin.
Taʼlim sifatini oşiriş uçun infratuzilma bilan birga malakali pedagog kadrlar ham zarur. Ularni jalb etiş va tutib turiş uçun munosib iş haqi kerak böladi. Şuning uçun taʼlim va tibbiyot sohalarini moliyalaştirişni keskin oşiriş talab etiladi. Yeçim sifatida biznes uçun individual imtiyozlar va preferensiyalarni bekor qiliş, şuningdek, zararga işlaydigan davlat korxonalaridan voz keçiş masalasini körib çiqiş mumkin. Öşanda byudjet ijtimoiy sohaga yönaltiriş mumkin bölgan trillionlab söm mablağga ega böladi.
Maktablar yetişmasligiga kelganda, yangi öquv muassasalari qurilgunga qadar, vaqtinça davlat inşootlaridan foydalanib turiş mumkin. Jumladan, hozir 1000 dan ortiq davlat mulki savdoga qöyilyapti. Inventarizatsiya ötkaziş va qaysi binolar bazasida öquv standartlariga töğri keladigan maktablar taşkil etiş mumkinligini aniqlaş maqsadga muvofiq böladi. Buning ustiga savdoga qöyilgan inşootlar röyxatida sobiq maktab va bolalar boğçasi binolari ham bor.
2022-yildan boşlab Özbekistonda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti (IHTT) tomonidan öquvçilarning bilim yutuqlarini baholaş böyiça xalqaro dastur (PISA) doirasida taʼlim sifatini baholaş boşlandi. Davlat taşkilotlari taʼlimni yaxşilaş vositasi sifatida turli tadqiqotlarning natijalaridan faol foydalanişlari lozim.
Hukumat, eng avvalo, aholining boşlanğiç taʼlim sifatini taʼminlaşi zarur. Maktab taʼlimining uzoq muddatli rivojlantiriş strategiyasini işlab çiqişi, uni mahalliy va çet ellik ekspertlar bilan muhokama qilişi, olimlar fikrlarini hisobga olişi muhimdir. Şu asosda mamlakat iqtisodiyoti va rivojlaniş yönalişlarining talablaridan kelib çiqib, professional, qöşimça va oliy taʼlim dasturini tuziş lozim. Maqsad nafaqat mahalliy, balki jahon bozori uçun ham yuqori malakali işçi kuçini şakllantirişdir.
Masalan, Singapur hukumati avval boşda xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda ularning korxonalarida işlaş uçun texnik mutaxassislarni professional tayyorlaş bilan şuğullangan. Bunda kompaniyalar hukumat tavsiyasi bilan özlariga kerak bölganidan ikki baravar ortiq texnik mutaxassislar tayyorlaşdi, keyin ular orasidan eng yaxşi bitiruvçilarni tanlab olişdi.
Qolgan malakali kadrlardan yangi investorlarni jalb etişda foydalanildi. Keyinroq professional tayyorgarlik markazlari bazasida Singapur Taʼlim vazirligi qoşidagi Texnik taʼlim instituti taşkil etildi. U yoki bu mutaxassislarga bozor talablarini qondiriş uçun iş beruvçilarni öquv rejalari va kurslarini işlab çiqişda qatnaşişga jalb eta boşlaşdi.
Singapurning asosiy davlat idoralari hamjihatlikda işlaydi, taʼlim va biznes örtasida “köprik” vazifasini ötaydi, kelib tuşayotgan murojaatlarga javoban çoralar köradi.
Bizning maktab öquvçilarimiz xalqaro matematika olimpiadasida uçta bronza medalga sazovor bölişdi. Şaxmat böyiça jahon olimpiadasidagi ğalaba ham yaxşi körsatkiç. Oldinga siljiş bor, biroq közlangan natijalarga erişiş va salohiyatli kadrlar mamlakatini barpo etiş uçun kerakli şaroit yaratiş lozim.
Izçil çora-tadbirlarni amalga oşiriş uçun mukammal tizim joriy etiş muhimdir. Saʼy-harakatlar uzluksizligi va idoralar örtasida muvofiqlaşuv bölişi lozim. Şunda Özbekiston öz imijini özgartirib, mamlakatni nafaqat tabiiy resurslarga, balki inson kapitaliga ham boy ekanligini körsata oladi.




