Материал показан на доступном языке перевода. (UZ)
Uzbekistan’s Club u bilan mumtoz musiqa, uning zamonamiz insonlari, xususan, Özbekiston jamiyati uçun qanday ahamiyatga egaligi, yoşlarda musiqaga bölgan muhabbatni qanday şakllantiriş mumkinligi haqida suhbatlaşdi.
Ifoda
Insonning şunday samimiy his-tuyğulari, fikrlari, intim keçinmalari borki, ularni söz bilan taʼriflaş qiyin. Mumtoz musiqa esa, nazarimda, öşa ehtiroslarni betakror tarzda yetkazib bera oladi. Klassika ajib muhit yaratib, tinglovçini yangi voqelik sari eltadi, unga özini boşqa dunyoga tuşib qolgandek his qiliş imkonini beradi.

Yakdillik
Yoşligimda, xalqaro simfonik orkestrda kuy ijro etganimda, şuni anglab yetganmanki, mumtoz musiqa hatto ziddiyatli xalqlarni ham birlaştirişi mumkin. Mumtoz navo turli madaniyatlarni bir-biriga yaqinlaştiradigan öziga xos xususiyatga ega. Sayyorada tillar xilma-xil, ammo musiqa tili hamma uçun muştarak.
Ayrim klassik asarlar insondan hayotiy tajriba orqali şakllanadigan alohida tafakkurni talab qiladi. Şu bois har kim özining maʼnaviy va intellektual yetukligiga qarab, asarlarni individual idrok etadi.
Ilhom
Musiqani yaratişda men uçun ilhom manbasi – uyğunlik hamda möjaz mukammallikni özida mujassam etgan tabiat gözalligidir. Yana meni musiqa, adabiyot, rassomlik, ilm-fan, sport va falsafada öz ijodi, yutuq va ğoyalari bilan insoniyat ravnaqi, tafakkur ufqlarimiz kengayişiga ulkan hissa qöşayotgan buyuk şaxslar ilhomlantiradi. Ustozim Vladimir Borisoviç Neymer menga doim ilhom bağişlab kelgan. Goho bu qaytar dunyo ekan, deb öylab qolaman: ustozim Kiyevda tuğilgan va Ikkinçi jahon uruşi davrida Toşkentga evakuatsiya qilingan. Döstona xalqimiz uning oilasini qabul qilib, oçlikdan qutqardi va, ehtimol, şukronalik ehtiromi ölaroq, u butun umrini Özbekistonga bağişlaşga ahd qildi, el-yurtga sadoqatli bölib, umrining oxirigaça köplab isteʼdod sohiblari, öz sohasining professionallariga aylangan özbekistonlik mutaxassislarni tarbiyalab çiqardi.
Sarçaşma
Musiqa şunçaki notalar, ritm, garmoniya va ohanglar töplami emas, balki u inson xilqatining eng çuqur jabhalarini-da qamrab oluvçi çinakam sanʼatdir. Uning inson uçun ahamiyati ilmiy tadqiqotlar natijalaridagina emas, har bir insonning şaxsiy tajribasi orqali ham namoyon böladi. Klassik musiqa çuqur falsafiy maʼno bilan suğorilgan bölib, tiriklik va ölim mohiyati, inson qalbining tabiati haqida fikr yuritişga majbur qiladi. Har bir notada, har bir akkordda turfa his-tuyğular kamalagi bor: quvonç-u zavqdan to qayğu va ğamginlikkaça. Aynan mana şu xilma-xil keçinmalar bilan klassik musiqa inson uçun muhimki, u bilan biz eng çuqur tuyğularni boşdan keçiramiz, içki dunyomiz uçun yangi ufqlar oçamiz. U biz uçun abadiy ilhom va oliy insoniy sifatlar buloği sifatida ahamiyatlidir.
Şaydolik
Bizga mumtoz musiqa haqida suhbat qura oladigan, uning nima uçun muhimligini tuşuntira oladigan iqtidorli va bilimli odamlar kerak. Musiqaçilar bir vaqtning özida bir neçta işda işlamasdan, özlarini töliq musiqaga bağişlaşi uçun davlat va homiylar himmat qilişi kerak.
Avvalo, musiqa boğidagi yoş nihollarni parvariş qilişimiz zarur. Esimda, Özbekiston milliy simfonik orkestrida amaliyotçi dirijyor bölib işlagan paytlarimiz maktab öquvçilariga tez-tez maʼruzalar ötardik. Afsuski, hozir bunday anʼana yöq.
Mumtoz musiqa tinglab, uning gözalligini anglab ulğayayotgan yoşlardan kelajakda faqat husni xulq kutiş mumkin, menimça.
Taʼlim
Zabardast ustozlarning endi oramizda yöqligi, yoşlar esa diplom olib, mehnatiga munosib haq tölanadigan mamlakatlarga ketişga urinayotgani bois, Özbekistonda musiqa taʼlimi darajasini yuqori deya olmayman. Qolaversa, yurtimizda hamon qöllanayotgan sovetça musiqa maktabi, qançalik ajoyib bölmasin, maʼnan allaqaçon eskirgan.
Körinib turibdiki, musiqa taʼlimi tizimi islohotni talab qiladi. Birinçi navbatda öqituvçilarning obrö-eʼtibori va mehnatiga haq tölaş darajasini oşiriş kerak, deb hisoblayman. Keyinçalik yangi taʼlim tizimini yaratiş uçun xorijlik mutaxassislarni yoki xorijda işlab yurgan yurtdoşlarimizni jalb qiliş lozim. Bu katta sarmoyani talab qiladi, lekin uzoq muddatda köp foyda keltiradi. Afsuski, bu borada Özbekistonda strategik qaraş yetarli darajada emas.
Gonorar
Yevropada orkestrlar odatda mehnatiga munosib maoş oladi va qöşimça daromad manbalarini izlaşga ehtiyoj sezmaydi. Afsuski, Özbekistonda musiqaçilar özlarini boqiş uçun bir neça işlarda işlaşga majbur bölmoqda, bu esa ijro sifatiga salbiy taʼsir körsatib, ijod bilan şuğullaniş motivatsiyasini pasaytiradi. Bundan taşqari, Ğarb orkestrlari kelgusi yil uçun aniq jadvalga ega, çunki mavsumlar malakali rahbariyat tomonidan puxta rejalaştirilgan. Şuni tan oliş kerakki, Özbekistonda orkestrlar 2-3 oydan keyin qanday repertuarda çiqişlarini baʼzan tasavvur ham qila olmaydi. Boşqaça aytganda, mavsumni puxta rejalaştiriş uçun bizda yetarli malakali maʼmurlar yetişmayapti.
Tarbiyot
Bundan taşqari, yengil musiqa ijro etiladigan yoki klassik sanʼat yoki rok musiqasi bilan aralaşgan konsertlar tobora keng tarqalyapti. Şaxsan men bunday konsertlar doimiy emas, bir yilda bir neça marta ötkazilsa, qarşi emasman. Tomoşabinlar nafaqat özlarining hozirgi didiga mos keladigan musiqani, balki ularda didni şakllantiradigan asarlarni tinglaşi muhim, deb öylayman.


