This story is shown in an available translation. (UZ)

Havo sifati – hammaga daxldor masala

Toşkentda havo sifatini ölçovçi ilk monitor AQŞ elçixonasida örnatilgandi, endi bunday monitorlar köpayayotganidan xursandmiz. Havo sifati hamma uçun daxldor masala. Ayni paytda tadqiqot strategiyalari va AQşning havo ifloslanişini kamaytirişga oid tajribasi bilan bölişiş maqsadida Özbekiston hukumatini amerikalik ekspertlar bilan boğlaşga eʼtibor qaratyapmiz.

Men piyoda yurişni yaxşi köraman, imkon böldi degunça Toşkentni yayov kezaman. Toşkent aylanib çiqişga arzirli şahar, ammo unda piyodalar qulayligi uçun yanada köproq iş qiliş mumkin. Yerosti metro bekatlari juda gözal, şuning uçun metroda yuriş yoqimli. Avtobus tizimining ham takomillaşib borayotgani seziladi. Odamlarni jamoat transportidan foydalanişga qançalik köp rağbatlantirsak, atrof-muhit uçun ham şunçalik yaxşi böladi.

Jonathan Henick smiling in front of the US flag

Viza va grin-karta

Biz imkon qadar köproq özbekistonliklar AQşga taşrif buyurişini istaymiz. Bunday sayohatlar ikkala mamlakat iqtisodiyoti uçun ham foydali. Şu bilan birga, AQşga taşrif buyuruvçilar sayohatni AQŞ qonunlariga muvofiq amalga oşirişlari şart. Konsullik bölimimiz sayohatçilar Özbekistonga öz vaqtida qaytişganmi, vizadan töğri foydalanganmi-yöqmi, muntazam ravişda tekşirib turadi. Vizadan notöğri foydalaniş holatlari bölsa, bu qonuniy sayohat qiluvçilar uçun viza olişni qiyinlaştiradi.

Şuningdek, köplab özbekistonliklar AQŞ-Meksika çegarasini noqonuniy kesib ötayotganini ham bilamiz. Ularning baʼzilari AQŞ vizasini oliş böyiça arizalari rad etilgaç şu yölni tutadilar. Bu esa öşa şaxslar öz vizalaridan notöğri foydalaniş niyatida ekanligining yaqqol dalilidir.

AQŞ elçixonasi muntazam ravişda grin-karta böyiça firibgarlikka qarşi maslahatlarni naşr etib turadi. Ariza topşiruvçilarga grin-karta maʼlumotlarining töğriligini nazorat qiliş imkonini beradi. Agar boşqalar yordamidan foydalansangiz, arizani lotereyada iştirok etiş huquqidan mahrum qilişi mumkin bölgan xatolarga yöl qöyilmasligi uçun yordam beruvçi kişi tegişli formani töğri töldirganini tasdiqlaşni tavsiya etamiz.

Jonathan Henick smiling in front of bookshelves

Özbekiston qarşisidagi “çellenjlar”

Özbekiston islohotlarni izçil davom ettiriş uçun qator jihatlarga eʼtibor qaratişi lozim. Avvalo, mamlakatda har yili 600 mingga yaqin yigit-qiz mehnat bozoriga qöşiladi. Şunça odamni iş bilan taʼminlaşning yagona yöli xususiy sektorning roli va hajmini kengaytirişdir. Hukumat çet el sarmoyalarini jalb qiliş va xususiy sektorni rivojlantiriş uçun tadbirkorlik va sarmoyaviy muhitni yaxşilaş, korrupsiyaga qarşi kuraşiş, davlat korxonalarini xususiylaştirişni davom ettirişi lozim. Mustaqil va salohiyatli sudlar, şaffoflik va korrupsiyaga qarşi çoralar ham Yangi Özbekistonni barpo etişda muhim ahamiyatga ega.

Ommaviy axborot vositalari sohasida ijobiy özgarişlar böldi, ammo bu yetarli emas. Özbekiston erkin va mustaqil media muhitiga loyiq. Jurnalistlar, hatto baʼzi siyosiy jihatdan nozik deb hisoblanuvçi masalalarni yoritayotganda ham, bosimsiz, öz-özini senzura qilmasdan işlay olişlari lozim. Hukumat çinakam oçiq muloqot uçun jurnalistlarga yanada qulay şart-şaroitlarni yaratişda davom etadi, deb umid qilaman.

Jahon Savdo Taşkilotiga kiriş jarayoni ham nihoyatda muhim; bu sarmoyadorlar, isteʼmolçilar va mehnatni himoya qiluvçi qonunçilik bazasiga ega bölişni talab etadi. JSTga aʼzo böliş uçun zarur bölgan barça islohotlar Özbekiston iqtisodiyotini yanada raqobatbardoş, innovatsion va sarmoyadorlarga jozibali qiladi.

Özbekistonni taraqqiy ettirayotgan insonlar

Özbekistonda şunday toifa kişilar borki, ular alohida eʼtirofga munosib. Birinçidan, inson huquqlari himoyaçilari. Işçilar, siyosiy mahbuslar, diniy erkinlik va boşqa inson huquqlari masalalari haqida baralla gapiriş katta jasorat talab qiladi. Jurnalistlarga, ayniqsa, suriştiruv materiallari tayyorlovçi va korrupsiyani foş etuvçi, hukumatni javobgarlikka tortişga qodir bölgan jurnalistlarga ham qoyil qolaman. Şuningdek, iş örni yaratayotgan tadbirkorlarni ham qadrlayman. Meni hayratda qoldiradigan yana bir guruh – bu öqituvçilar. Boşqa mamlakatlardagi kabi Özbekistonda ham muallimlar yoş avlodni öz orzulari sari ilhomlantiradi. Va nihoyat, davlat xizmatçilarini ham qadrlayman. Bular katta maoş olmaydigan, lekin öz hukumati va mamlakatini yaxşilaşga tirişadigan odamlardir.

Men kuzatgan bir qiziq jihat, bir qaraşda juda farqlidek körinsa-da, özbeklar va amerikaliklar juda öxşaş. Biz oila va mahalliy hamjamiyatga ustuvor ahamiyat beramiz. Vatanparvarmiz va mamlakatlarimiz bilan faxrlanamiz. Tadbirkor va mehnatkaşmiz. Munosabatlarimiz kundan kunga mustahkamlanib borayotganining sabablaridan biri ham şudir.