This story is shown in an available translation. (UZ)
Toşkentdagi hammasidan voz keçib...
Akmal 12 yoşida grin karta lotoreyasi orqali ota-onasi bilan AQŞga boradi.
“Akam, opam va men bir neça oyda ingliz tilini örganib oldik. Dastlabki bir neça yil davomida ota-onamiz uçun tarjimon böldik. Har safar Özbekistonga borganimda hammasini Toşkentda qoldirib, AQŞda yangi hayot boşlaş ota-onam uçun naqadar qiyin bölganini his qilaman. Men doim, ayniqsa otam Toşkentda qançalik köp narsadan voz keçganini bilgaç, bunga uni nima majbur qilgani haqida sörardim. Javobi tayin: bu biz, farzandlar...”

12 yoşida Farhod bozorida guruç sotib, ilk bor pul topgan.
Köprik qulaşi va hayotni özgartiruvçi qaror
Akmalning 2008-yilda maktabni tamomlaşi Minneapolis şahrida bir köprik qulab tuşib, butun Amerikada şov-şuv bölgan davrga töğri keladi. Gazetalar AQŞda quriliş böyiça mutaxassislar-u muhandislar yetişmovçiligi haqida bong ura boşlaydi. Öşa kezlarda universitetda qanday sohani öqiş haqida boş qotirayotgan qahramonimiz qaror qiladi: “Quriliş muhandisi bölaman!” Zotan, uning otasi Akrom aka Xolboyev va onasi Munira opa Xolboyeva ham Özbekistonda muhandis bölganlar.
“Otamdan köplab hayotiy saboqlar olganim uçun doim ular haqida gapiraman. Otam biznesdagi foyda va zararni kalkulyatorsiz bir neça daqiqada hisoblab çiqa oladiganlardan. Lekin farzand sifatida ulardan örgangan asosiy darsimiz: oçiq fikrli böliş. Ular doimo bizni bir muammoga köplab yeçimlar bölişiga, heç qaçon birgina yeçim bilan kifoyalanib qolmaslikka örgatganlar...”
Penn State va qöşimça iş sifatida boşlangan biznes
Akmal Xolboyev özi istagan soha – muhandislik böyiça eng yaxşi öqitadigan taʼlim dargohlaridan biri bölgan Pensilvaniya Ştati Universitetiga 2012-yilda öqişni tugatib, Filadelfiyaga qaytgaç, muhandis bölib işga kiradi. Birinçi iş kunidayoq uning rahbari qöşimça xobbi yoki biznes qilişga undaydi. Yaxşi rieltorlik xizmatlariga talab oşayotgani (xususan, Nyu-Yorkdan köplar yaxşiroq va arzonroq uy-joy uçun Filadelfiyaga köçayotgani fonida) bois qahramonimiz yarim kunlik köçmas mulk agenti bölib işlay boşlaydi.
“Bir yil davomida bir dona bölsa ham uy sota olmadim. 2012-yilni muvaffaqiyatsizlik yili deb eʼlon qildim-u, nima xatolar qilganimga nazar soldim. Muloqotlarda fikrimni yetkaziş va odamlarni tinglaşda oqsayotgan ekanman. Mana şu kamçiligim ustida işlab, özimga işonçimni orttirdim. Söng boşqa agentlar qilmagan işni qildim: Nyu-Yorkning Bruklinidan Filadelfiyaga mijozlarni furgonda olib borişni yölga qöydim. Sababi Nyu-Yorkda yaşaydiganlarning öz maşinasi yoki hatto haydovçilik guvohnomasi bölmas edi”.
Akmal Xolboyev yillar davomida minglab odamlarga öz uy-joyiga egalik qilişida yordam berdi. Suhbatimiz davomida bir ayolning 1,5 yil uy qidirib topganida yiğlagani hikoyasini aytib ötarkan, Akmal öz ota-onasining farzandlari hayotini yaxşilaş uçun qanday qurbonliklarga borganini anglab yetgani haqida sözlaydi.
“Özbekistonliklar pulini köçmas mulkka tikiş böyiça yetakçi...”
Köçmas mulk mutaxassisi bölmiş qahramonimiz özbekistonliklar köçmas mulkka sarmoya qiliş böyiça yetakçi diasporalardan. Aksiya-yu obligatsiyalar, kriptovalyuta yoki boşqa aktivlardan köra biz uy-joyga pul tikişni xavfsiz va afzal deb topamiz. Boz ustiga, Nyu-York, Filadelfiya, Çikago yoki Sinsinnati kabi şaharlar tevaragiga joylaşib, u yerdan deyarli köçib çiqib ketmaymiz. Uşbu hududlarda 2016-yildan beri, misol uçun, turar joy narxi 120 foizdan ham köproq qimmatlagan.
Uy olişda farzandlar taʼlimi uçun manfaatli hududni tanlaş
Biroq mahalliy hamjamiyatlar hayotida faol qatnaşiş va uzoq muddatli istiqbolda farzandi taʼlimi haqida köproq qayğuriş borasida köp özbek oilalar oqsayotgani ham rost. AQŞda uy-joy soliqlari öşa köçmas mulk joylaşgan hududdagi maktablar xarajatlari uçun ham yönaltiriladi. Yangi immigrantlar şunday soliqlar past bölgan hududlarga joylaşişadi. Afsus, bunday joylarda sifatliroq taʼlim oliş uçun imkoniyatlar kam. Umuman, özbekistonliklar ham özaro jipslaşişi, ham özi yaşayotgan hududdagi barça millat vakillari bilan muloqotda bölib, mahalliy qarorlar qabul qilinişi, saylovlar va siyosiy jarayonlarda qatnaşişi zarur.
Şaxsiy formula: motivatsiya + maşaqqatli mehnat + taʼlim = muvaffaqiyat.


