
Xorijda oʻqish narxi qancha?
Talaba qayerdan ish topishi mumkin?
Londonda yoʻqolib qolmaslik uchun nima qilish kerak?
Va barcha asosiy savollarga Olimjon G'ulomov va Shahrizoda Normuhammadiy ishtirokidagi yangi epizodda javob toping.
Ular Buyuk Britaniyaning nufuzli universitetlari — London Northumbria University va Anglia Ruskin University talabalari.
Oʻzbekistonlik.STUDENTS loyihasining Britaniyada suratga olingan epizodlar shu bilan oʻz nihoyasiga yetdi. Tez kunda loyihaning Amerika Qoʻshma Shtatlaridan tayyorlangan epizodlari taqdim etila boshlaydi.