This story is shown in an available translation. (UZ)
2025-yil 5-10-iyun kunlari “Özbekiston – isteʼdodlar zamini” yoşlar harakati tadbirlari bölib ötdi.
Özbekistonni turli sohalarda isteʼdodli insonlar yetişib çiqayotgan mamlakat sifatida namoyon etişga qaratilgan “Uzbekistan: Land of Talents” global kampaniyasi doirasida “Özbekiston – isteʼdodlar zamini” yoşlar harakati yölga qöyildi.
Uzbekistan’s Club jamoasi taşabbusi bilan ötkazilgan mazkur loyihaning maqsadi – mamlakatning zamonaviy brendini şakllantiriş va yoşlar salohiyatini keng namoyiş etişdan iborat.
Harakatning ilk yirik tadbiri 2025-yil 5-iyun kuni Toşkent şahrida bölib ötdi. 10-iyun kuni esa loyiha doirasida futbol böyiça milliy terma jamoa iştirokida öyin namoyişi, ”Inson Kapitali” mukofotining taqdirlaş marosimi va “Salom, Mundial!” superşousi ham ötkazildi.
Uzbekistan’s Club taşabbusi bilan amalga oşirilgan mazkur tadbir orqali futbol atrofida şakllangan umumxalq birdamligi, yoşlar faolligi, ijodkorlik va milliy özlik namoyon etildi. Şuningdek, kampaniya doirasida Özbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda kreativ mahsulotlar, musiqiy loyiha, xalqaro çellenj, hujjatli filmlar va xorijdagi vatandoşlar iştirokidagi tadbirlarni rivojlantiriş rejalari ham eʼlon qilindi.


